Aëdon (qadimgi yunoncha: Ἀηδών) — qadimgi yunon afsonalari qahramoni.Homerning yozishicha, u Pandareusning qizi hamda Zethusning rafiqasi. Niobaga koʻp farzand koʻrgani uchun hasad qildi va uning toʻngʻich oʻgʻlini oʻldirishga qaror qildi, lekin xatoga yoʻl qoʻyib oʻzining yolgʻiz oʻgʻli Itylusni oʻldirgan. Shundan soʻng, bulbulga aylanib, oʻgʻliga motam tutib, sayraydi.
Antoninus Liberalis tominidan keltirilgan taxminga koʻra, Aëdon efeslik Pandareusning qizi. Kolofonlik Polytechnosning xotini, Itylusning onasidir. Polytechnos uning singlisi Chelidonisning nomusiga tegib, oʻziga joriya qilib olgan. Opa-singil Itylus goʻshti bilan Polytechnoni taomlantirib, qochib ketishdi. Aëdon qushga aylanib, oʻgʻli Itylusga aza tutadi. Aëdonning akasi esa hud-hudga aylangan. Bu afsona Terey, Prokne va Filomela haqidagi afsonalardan yana biridir.