Aerogeologik suratga olish

Aerogeologik sʻyomka — foydali qazilmalarni qidirish usuli. Samolyot, er sunʼiy yoʻldoshi yordamida er yuzini suratga olish yoki uning tuzil ishini bevosita kuzatishga asoslangan. Ax. ishlari 3 davrga boʻlinadi: tayyorgarlik, dala ishlari va laboratoriya ishlari. 1-davrda umumiy tayyorgarlikdan tashqari oʻrganilishi kerak boʻlgan joyning geologik sʻyomkasi oʻtkaziladi, er yuzasining tuzilishi, er yuziga chiqib qolgan tub jinslar qatlami, ularning yotish sharoitlari, er poʻstida sodir boʻlgan darzliklar oʻrni, intruziv va effuziv jinslarning tarqalishi hamda foydali qazilmalarning bor-yoʻqligi aniqlanadi, 2-davrda dala ishlari vaqtida yalpi aerovizual kuzatishlar va er ustida geologik tekshirishlar oʻtkaziladi, 3-davrda dala ishlari vaqtida olingan barcha maʼlumotlar umumlashtirilib, geologik xarita tuziladi.


Lotin alifbosida maqola: Aerogeologik suratga olish haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AEROGEOLOGIK SYOMKA
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты