Zinaida Afanasyeva

Zinaida Ivanovna Afanasyeva (1907.26.9, Sankt-Peterburg – 1975.8.8, Toshkent) – balet oʻqituvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1955). 1919–25 yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan boʻlimida oʻqigan. 1942–46 yillarda Yangiyoʻl oʻzbek musiqali teatrida baletmeyster-pedagog. A. Navoiy nomidagi opera va balet teatrida mumtoz raqsdan daryo berdi (1946–53). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtining tashkilotchilaridan (1947) va badiiy rahbari (1948– 68). Oʻzbekistonda balet sanʼatini rivojlantirish, mumtoz raqs ustalarini tayyorlashga katta hissa qoʻshgan.


Lotin alifbosida maqola: Zinaida Afanasyeva haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
AFANASYEVA Zinaida Ivanovna
ROSSIYA
BALET


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты