Afgʻonistonlik oʻzbeklar

Afgʻonistondagi oʻzbeklar turli xil maʼlumotlarga koʻra 2,7 dan 3,5 million kishiga qadar boʻlgan Afgʻonistonning toʻrtinchi etnik guruhidir.

Oʻzbek tili — Afgʻonistonning baʼzi shimoliy viloyatlarining mintaqaviy tili hisoblanadi.

Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Balx viloyatini oʻzbek noiblari boshqargan. Viloyat aholisini katta qismini oʻzbeklar tashkil qilgan. Bu davrda Balx viloyati ancha rivojlandi, katta ilmiy markazga aylandi, koʻplab tarixiy, jugʻrofiy va adabiy asarlar yaratildi.

Bugungi kunda oʻzbeklar MDH bilan chegaradosh viloyatlarda, ilgari mustaqil oʻzbek davlatlari boʻlgan Chor viloyat (toʻrt mintaqa: Andhuy, Shibirgʻon, Saripul, Aqcha) tarixiy nomi bilan mashhur hududda, Foryob, Joʻzjon, Balx va Qunduz viloyatlarida yashaydilar.

Afgʻonistonlik mashxur oʻzbeklardan Abdul Rashid Doʻstum xisoblanadi. U mustaqil ravishda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamoasiga rahbarlik qiladi. Shuning bilan birga 1980-yillari Mujohidlarga va 1990-yillarda Tolibonlarga qarshi harbiy toʻqnashuvlarda faol ishtirok etgan.


Lotin alifbosida maqola: Afgʻonistonlik oʻzbeklar haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XITOY
FRANSIYA
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты