Afrosiyob (tezyurar poyezd)

„Afrosiyob“ tezyurar poyezdi — Oʻzbekiston boʻylab eng yuqori tezlikda harakatlanuvchi, Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Talgo-250 rusumli elektropoyezdlardir. Eng yuqori tezligi 250 km/s. 2010-yil 5-yanvarda prezident Islom Karimov ikkita tezyurar poyezdlarni sotib olish boʻyicha qarorni imzolagan. Shu asosda „Afrosiyob“ poyezdlarini yoʻlga qoʻyish loyihasi „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ va Oʻzbekistonni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilgan. 2011-yil 22-iyulda birinchi „Afrosiyob“ poyezdi Toshkentga keltirilgan. Ikkinchisi sentabr oyida olib keltirilgan. Elektropoyezd ikkita lokomotiv, sakkizta passajir vagoni va bitta vagon-restorandan iboratdir. Poyezdda VIP, birinchi va ekonom klass joylari va imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun maxsus joylar mavjuddir.2021-yil iyul oyida Ispaniyadan yana ikkita Talgo elektropoyezdi lokomotivi, 15 ta vagon sotib olindi. Ular Bilbao shahridan yoʻlga chiqarilib, Sankt-Peterburg orqali Oʻzbekistonga yetkazildi. 2021-yilning iyul oyida Oʻzbekistonga keltirilgan yangi Afrosiyob poyezdi Buxoro—Xiva yoʻnalishida harakatlanishi maʼlum boʻldi. Buxoro—Xiva yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezdda nogironlar uchun ham qulayliklar mavjud.


Lotin alifbosida maqola: Afrosiyob (tezyurar poyezd) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты