Afsonaviy qiz

"Afsonaviy qiz" — 1980-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikki qismli sovet badiiy telefilmi sanaladi.

Fuqarolar urushi qahramoni Mayna Hasanovaning ayanchli taqdiri xususida.

Mayna shoʻx, shaddod va jasur qiz boʻladi va Buxoroda dunyoga keladi. Otasi ovchilik bilan shugʻullanadigan boʻladi. Mayna otasining uyida emin-erkin voyaga yetadi. Otasi vafot etgach, bechora qiz shariatning shafqatsiz qonunlariga koʻra, uni zoʻrlab Buxoro amirining eng badjahl amaldori Said Valixon haramiga yuborishadi. Oʻsha mahalda Mayna Hasanova 16 yoshda edi. 

Magʻrur va hech narsadan tap tortmaydigan Mayna Hasanova amaldor xonadonida choʻri boʻlishni istamaydi. Johil erning tepkisi sabab homilasidan ajrashi, xoʻrligu azoblarga dosh berolmay erini otib oʻldiradi Shundan keyin u ozodlik yoʻlini tanlab, inqilobchilar safiga qoʻshiladi. U yerda Mayna boy va bosmachilarga qarshi isyon koʻtaradi. U Qizil armiya safiga qoʻshilgan birinchi oʻzbek ayoli edi. Mayna oddiy askarlikdan razvedkachi otliq askarlar bataloni komandiri darajasigacha koʻtariladi. Ammo oxir-oqibat bosmachilar tomonidan ikki qoʻli, koʻkragi, tili kesib olinib, vahshiylarcha oʻldiriladi. Ona vatan uchun koʻrsatgan jasorati uchun Mayna Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi.


Lotin alifbosida maqola: Afsonaviy qiz haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты