Ayub Qodirov

Ayub Qodirov (1918.10.5, Buxoro — 1981, Toshkent) — sozanda (nay), Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Oʻzbek davlat filarmoniyasida xalq cholgʻu orkestri (1936-38, 1950-56, 196874), Tamaraxonim ansambli (1938—46) d; sozanda, "Shodlik" ansamblida musiqa rahbari (1956-57, 1966-68), Toshkent musiqa bilim yurtida pedagog (1978-yildan). Ijro uslubi mukammal texnikasi, asar mazmunini chuqur his qilishi, nay ifoda vositalaridan keng foydalanishi, ijro erkinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan "Fargʻonacha", "Subhidam", "Choʻli iroq", "Chaman yalla", "Segoh", "Qaytarma", "Tong oromi", "Chorgoh" kabi xalq va mumtoz kuylar oʻrin olgan. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: Ayub Qodirov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RAJABIYLAR
YAPONIYA
QODIROV
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты