Ayzek Azimov

Ayzek Azimov (1920-1992) – amerikalik fantast yozuvchi, fan targʻibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlogʻida tugʻilgan. 1923-yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga koʻchib ketgan. Oʻsha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Azimov Ayzeklari uchun falsafa doktori unvonini olgan. Birinchi qissasi 1939-yil e’lon qilingan. Shundan soʻng "Poydevor va Imperiya" (1952), "Men robotman", "Mangulik intihosi" (1955), "Neytrino", "Darba-dar" (1966), "Koinot oqimlari" (1972), "Poydevor qirralari" (1982), "Poy-devor va Yer" (1986) asarlarini e’lon qildi. A. fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham oʻrin olgan. A. ilmiy fantastika asoschilaridan biri. A.ning bir qancha hikoyalari va "Koinot oqimlari" romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Lotin alifbosida maqola: Ayzek Azimov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AZIMOV
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YAPONIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты