Azimboy Saʼdullayev

Saʼdullayev Azimboy (1947.9.1, Xorazm viloyati) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi. akademik (1995), fizikamat, fanlari doktori (1982), professor (1985). Moskva universitetini tugatgan (1969), Toshkent Davlat Universitetida kafedra mudiri (2020), dekan (2022). Urganch universitetida rektor (1975-yildan), Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi (1997— 2002). Ilmiy ishlari koʻp argumentli funksiyalar nazariyasiga oid. Kompleks potensiallar nazariyasini yaratgan mualliflardan biri. Bu nazariyani amaliyotda qoʻllab, bir necha yirik ilmiy muammolarni yechgan. Fundamental ishlarining bir kanchasi chet ellarda nashr qilingan, darslik va monografiyalarida chop etilgan. 1 va 2chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).


Lotin alifbosida maqola: Azimboy Saʼdullayev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XORAZM VILOYATI
SAʼDULLAYEV
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты