Sabohat Azimjonova

Sabohat Azimjonova (1922-yil dekabr, Toshkent - 2001-yil, 26.4.) – sharqshunos olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969).

Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950– 77), boʻlim boshligʻi (1977–95), yetakchi ilmiy xodim (1995-yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Qobul va Hindistondagi faoliyati, Oʻrta Osiyo xalqlarining oʻrta asrlarda qoʻshni xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro siyosiy va iqtisodiy munosa-batlariga bagʻishlangan.

Asarlari Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadan begimning "Humoyunnoma"sini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. A. bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.

  • K istorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957;
  • Boburning Hindiston devoni, T., 1966;
  • Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.

Lotin alifbosida maqola: Sabohat Azimjonova haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
ERON
YAPONIYA
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты