Ajdar daraxti

Ajdar daraxti – tropik mamlakatlarda, xususan, Sokotra va Kanar orollarida hamda Somali (yarim orol) va Efiopiyada oʻsadigan Drakana turkumiga mansub daraxt turlari. Ular tashqi qiyofasi, shox-shabbasi, oʻsadigan sharoiti va boshqa biologik xususiyatlari bilan oʻzga qit’alardagi oʻsimliklardan yaqqol ajralib turadi. Yer yuzida bu daraxtlar turkumining qirqqa turi borligi aniqlangan. Bulardan eng diqqatga sazovorlari Drakana sinnabari hamda Drakana drako nomli turlardir.

«Ajdarlar fillar bilan tinmay kurashib keldi. Shiddatli olishuvlar paytida koʻplab qonlar toʻkildi. Shu janglardan birida, fil xartumiga duch kelib qolgan ajdar, uning qulogʻidan tishlab oldi va tanasidagi bor qonini yutib yubordi, holdan toygan fil jon berish oldidan ajdar ustiga qulab tushdi va uni majaqlab yubordi. Natijada, «ikki ogʻayni» (ajdar va fil) qonlari aralashib ketdi», – degan sokotraliklarning afsonalari bor. Bu afsonadagi «ikki ogʻayni» qoni soʻzi ajdar daraxtlarining ayrim turlarida (tanasida)gi qizil rangli smolaga nisbatan aytilgan. Dahshatli afsonalarning tugʻilishshiga sababchi boʻlgan ajdar daraxtlari kishilarni bir necha asrlardan beri oʻziga jalb etib keladi.

Sokotra orolida oʻsadigan Drakana sinnabarini «ajdar qoni» ham deb yuritishadi. Bu oʻsimlikni kuzatgan tabiat shinavandalaridan biri D. Botting oʻzining shu oʻsimlik haqida 1958-yili yozgan asarida, unga yuqori baho berib bunday deydi: «Bu daraxt shu qadar jozibaliki, uni shu oroldagi birorta boshqa oʻsimlikka taqqoslab boʻlmaydi».

Sokotra orolidagi ajdar daraxti Somali (yarim orol), Efiopiya va Kanar orollarida oʻsadigan ajdar daraxtlari bilan bir turkumga kiradi. Bular eski relikt (qadimdan ma’lum maydonda saqlanib qolgan) oʻsimliklar hisoblanadi. Mazkur oilaning yuqorida qayd qilingan joylardagi toʻrtta turi qolganidan tanalaridagi sachragan qonni eslatuvchi qizil smoladay iborat nuqtalari bilan aniq ajralib turadi.

Kanar orollarida oʻsadigan Drakana drako nomli ajdar daraxti oʻziga xos djoyib biologik xususiyatlari bilan koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Bu daraxtning butun umri uchta davr (stadiya)ga boʻlinadi. Birinchi yoshlik davri 25–30 yilni oʻz ichiga oladi. Bu davrda oʻsimlik asosan oʻsadi. Yuz yilgacha davom etadigan ikkinchi davrda u koʻpayadi, toʻkilib ketgan barglarining oʻrni yoʻqoladi, tana eniga oʻsadi va nihoyat shoxlar chiqaradi. Umrining oxirigacha davom etadigan soʻnggi davrda oʻsimlikda havo ildizlar paydo boʻladi va smola – «ajdar qoni» ajralib chiqa boshlaydi.

Kanar orollaridagi 6000 yashar eng yirik ajdar daraxti La-Orotava shahrida boʻlgan. Uning boʻyi 21 m ga, aylanasi esa 13,5 m ga yetgan. Ayrim mualliflar (Lindli va Mur)ning yozishicha daraxtning ichi boʻsh boʻlib, undan narvon orqali, hoxlagan tepa qismigacha koʻgarilish mumkin boʻlgan. Bu daraxt 1868-yilda kuchli boʻron ta’sirida agʻdarilib tushgan.

Ayni vaqtda Kanar orollarida (Ikoda va La-Laguneda) ajdar daraxtining 2000 yoshga kirganlari mavjud.

Ajdar daraxtlari boshqa oʻsimliklar singari shox-shabba hosil qilmaydi. Ular yillar oʻtishi bilan eniga yoʻgʻonlashib boradi, uchi esa eniga nisbatan ingichkaroq ayri shoxlar hosil qiladi. Barglar shoxlarning uchida toʻp-toʻp boʻlib joylashib oʻziga xos ajoyib manzara hosil qiladi. Ayrim turlaridagi tananing yuqori qismida joylashgan yoʻgʻon va ayri shoxlar afsonalardagi koʻp boshli ajdarlarni eslatadi, shuning uchun ajdar daraxtlari deyilgan boʻlishi mumkin. Ajdar daraxti piyozdoshlarga mansub boʻlganligidan, uning gulida tojsimon oltita gulqoʻrgʻon boʻlagi, oltita changchi va bitta urugʻchi boʻladi. Tojining pastki qismi tutashib, nay hosil qiladi, rangi oq.

Ajdar daraxtining, xususan, undagi smolaning mohiyati haqida turlicha mulohazalar yuritiladi. Masalan, Kanar orollaridaga bir zamonlar odamlar yashagan gʻorlar yaqinidan topilgan smola – “ajdar qoni” balzam sifatida ishlatilgan boʻlsa kerak, degan fikrlar ham bor.

Ajdar daraxtiga yaqin oʻsimliklar, masalan, Kordilina kabilar Qora dengiz boʻyidagi Sochi va Batumi kabi shaharlar atrofida hushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: Ajdar daraxti haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты