Ajdar minorasi

Ajdar minorasi (xitoy yozuvida: 龙塔, pinyin tizimida: lóng tǎ) yoki Heiluntzyan minorasi (xitoycha: 黑龙江塔) — Xitoyning Xarbin shahridagi radio va televidenie minorasi.

Minora meʼmori professor Marin Le dir. Hukumat loyiha uchun 200 million yuanga yaqin mablagʻ ajratgan. Ajdar minorasi qurilishi 1998-yil aprel oyida boshlangan va 2000-yil 28-oktabrda yakunlangan, 2002-yil 29-oktabrda rasman turizm uchun ochilgan.

Minoraning balandligi 336 metr boʻlib, u Osiyodagi eng baland teleminoralar orasida 7-oʻrinni, dunyodagi eng baland teleminoralar orasida esa 22-oʻrinni egallaydi. Toʻliq poʻlatdan yasalgan minoralar orasida Ajdar minorasi Osiyodagi eng baland va dunyodagi ikkinchi eng baland minora (Ukrainadagi Kiev minorasidan keyin) hisoblanadi.

Minoraning birinchi qavatlarida Xitoy tarixidagi buyuk shaxslarning (imperatorlar, harbiy rahbarlar, sayohatchilar, ixtirochilar va siyosatchilar) mumdan yasalgan siymolari, kafelar, doʻkonlar, galereya va dorixona mavjud. Yuqori qavatlarda televidenie va radioeshittirishlar olib boriladi.

186 metr balandlikda aylanuvchi shved dasturxoni restorani, 190 metr balandlikda esa Amur irmogʻi Songhua daryosini koʻrish mumkin boʻlgan kuzatuv maydonchasi mavjud.

2007-yilda minorada 110 metr balandlikda „Jasurlar uchun oʻyinchoq“ deb nomlangan argʻimchoq oʻrnatildi. Argʻimchoqlar bevosita kuzatish platformasi ustida joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: Ajdar minorasi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Allohning 99 nomi
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты