Aka-uka Karamazovlar

Aka-uka Karamazovlar“— rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy ijodiga mansub roman. Asar muallifning soʻnggi romani boʻlib ikki yil davomida yozilgan. Roman ilk bora „Russkiy Vestnik“ jurnalida qismlarga boʻlinib nashr etilgan. Nashr etish 1880-yil noyabr oyida yozuvchi vafotidan ikki oy oldin yakunlandi. Romanda uch aka uka IvanAleksey va Dmitriy Karamazovlar borliqning asl mohiyati va hayot falsafasi haqidagi savollarga oʻz yoʻli, oʻz dunyoqarashi bilan javob topishga harakat qilshadi.

Asar oʻzbek tilida Ibroxim Gʻafurov tarjimasi bilan bir necha bora nashr etilgan. Soʻnggi marotaba 2021-yilda Yangi Asr Avlodi nashriyoti tomonidan 572 betli qattiq muqovada chop etildi.

"Aka-uka Karamazovlar" romani „Buyuk gunohkorning tarixi“ dostonining birinchi qismi sifatida yozilgan boʻlib, eʼtiqod, erkinlik va axloqning chuqur falsafiy muammolariga bagʻishlangan. 

Hikoyaning markazida uchta aka-uka — Ivan, Aleksey va Dmitriy borliqning asosiy sabablari va yakuniy maqsadlari haqidagi savollarga javob topishga harakat qilishadi. Ular Xudo va ruhning oʻlmasligi haqidagi savolga javob berishga harakat qilib, oʻz hayotidagi tanlovini qilishadi.

Dostoevskiy „Aka-uka Karamazovlar“ haqidagi xotiralarida: „Men hech bir asarimga bundan jiddiyroq qaramaganman“, deb yozgan edi.


Lotin alifbosida maqola: Aka-uka Karamazovlar haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YAPONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты