Akakiya Eliyava isyoni

Akaki Eliavaning qoʻzgʻoloni (gruzincha: 1998 წლის საქართველოს სახელმწიფო გადატრიალების მცდელობა) 1998-yil 20-oktabrga oʻtar kechasi sodir etilgan muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon. Prezident Eduard Shevavardnadze hukumatiga qarshi Gʻarbiy Gruziyada podpolkovnik Akakiy Eliyava boshchiligidagi „Eliyavachi ofitserlar“ tomonidan uyushtirilgan isyon.

1998-yil 19-oktabrdan 20-oktabrgacha oʻtar kechasi tungi soat ikkilarda Gruziya Mudofaa vazirligining Senakida joylashgan tank brigadasida isyon koʻtarildi. Yarim tun soat 2 da Gruziyaning Abxaziya Davlat xavfsizlik vazirligi „Saturn“ maxsus kuchlari shtab boshligʻi, sobiq podpolkovnik Akakiy Eliyava oʻz tarafdorlari bilan harbiy qismdagi qurol-yarogʻlarni qoʻlga kiritib, tanklar va BMD vositasida Samtrediya yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettirgan. Yoʻlda unga Martvili viloyatining sobiq prefekti, 17-motooʻqchilar brigadasi komandir oʻrinbosari, polkovnik Revaz Asmava ham qoʻshilgan. Qoʻzgʻolonchilar prezident Shevardnadzening isteʼfosini talab qilib, Poti yoʻlini toʻsib qoʻyishdi. Mudofaa vaziri David Tevzadze va Davlat xavfsizlik vaziri Jemal Goxikidze qurolli qoʻzgʻolon boshlangan hududga borishdi, ammo isyonchilar muzokaralar chogʻida prezidentning Imeretidagi vakili Teymuraz Shashiashvilini va Gruziya Davlat xavfsizlik vazirini garovga olishga muvaffaq boʻlishdi. Shundan soʻng ular oʻzlarining tank karvonini mamlakatning ikkinchi yirik shahri — Kutaisiga yoʻnaltirishdi. Parlament mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Revaz Adamiya isyonchilarning harakatlari ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini aytdi.

Qqoʻzgʻolonchilar kechga borib Kutaisi chekkasiga kirdi va u yerda hukumat qoʻshinlari bilan qisqa muddatli jangga kirishdi, shundan soʻng ular Tsxenistkali daryosi tomon chekindi. The New York Times gazetasining yozishicha, isyonchilar Kutaisi shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan Gubi qishlogʻini egallab olgan va 50 ga yaqin fuqaro ularning safiga qoʻshilgan. Soat 18:00 ga kelib isyonchilar brigadasi hukumat qoʻshinlari tomonidan oʻrab olingan va maxsus tashlab ketilgan yoʻlak boʻylab oʻz joylashgan joyiga chekingan. Qoʻzgʻolonchilarning bir qismi hokimiyatga taslim boʻldi. Eliyava oʻz tarafdorlari bilan birga oʻrmonlarga yashirinishga erishdi.

Akakiy Eliyava 2000-yil 9-iyulda Zestafoni shahrida Davlat xavfsizlik vazirligi maxsus boʻlinmasi tomonidan oʻdirilgan. Boʻlinma Eliyava garovga olgan politsiyachilarni ozod qilish boʻyicha maxsus amaliyotni oʻtkazayotgan edi.


Lotin alifbosida maqola: Akakiya Eliyava isyoni haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты