Fosih Havofiy

Tarixshunos, shoir, davlat arbobi Fosih Havofiy 1375 Ruy (Xurosondagi Xaf viloyati markazida) tug‘ilgan. Hirotda voyaga yetib, o‘sha yerda tahsil olgan. Amir Temurning o‘g‘li Shohruh hamda uning o‘g‘li Boysunqur Mirzolarning saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan, jiddiy diplomatik vazifalarni bajargan. 1442 yil Hirotda (Afg‘oniston) vafot etgan.

Fosih Havofiyning yagona asari “Mujmal-i Fasixi” (“Tarixiy sanalar yig‘indisi”) ma’lum. Unda voqealar tarixiy ketma-ketlikda bayon etilgan, ayniqsa, 1301-1442 yillardagi voqealar bayonoti - Temur va Temuriylar tarixi bilan bog‘liq qismi qadrli ma’lumot hisoblanadi. Asarda o‘z davrining davlat arboblari va adabiyotshunoslari haqida ma’lumot keltirilgan; avlodlar haqidagi asosiy tarixiy manbalar, mahalliy joylashuvlar, o‘z davrining ma’lum soliqlari, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari, tabiiy ofatlar, ichki nizolar va eng asosiysi, bularning barchasi aniq sanalar bilan keltirilgan.

Fosih Havofiyning zamondoshi Kotib Turshizi Nishopuriy uning ulkan she’riy iqtidori haqida yozgan, Isfizoriy (1494 yil vafot etgan) va Alisher Navoiylar u haqda o‘qimishli inson va ajoyib shoir deb yozishgan.

V.V.Bartold o‘zining “Mo‘g‘ullar istilosi davrida Turkiston” asarida (1900 yil) mazkur asarning nodirligi haqida ta’kidlaydi.

Mazkur asar qo‘l yozmalarining nusxalari London, Kembrij, Bankipur, Tabriz, Sankt-Peterburg, Bengaliya va Tbilisi shaharlarida saqlanib kelinadi.


Lotin alifbosida maqola: Fosih Havofiy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
AMIR TEMUR
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты