Haziniy Xo‘qandiy

Haziniy Xo‘qandiy haqida ma’lumot Asl ism-sharifi Ziyovuddinxon Doniyolxon o‘g‘li Haziniy to‘ra.
1867 yili tug‘ilgan, 1923 yilda 56 yoshida vafot etgan. Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan.

Tasavvuf ta’limoti bilan izchil shug‘ullangan. Xalq orasida “Haziniy to‘ra”, “Eshonbuva” nomlari bilan e’zozlangan. Uz davridagi qodiriya tariqatining mashhur shayxi sifatida e’tirof etilgan. Haziniy asarlari 1900 va 1920 yillar orasida ko‘chirilgan qo‘lyozma bayozlarda uchraydi. “Bayozi Haziniy”ning toshbosma nusxalari Uzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiy merosi 4 ming misra atrofida. Shoir asarlarining aksariyatida tasavvuf va tarkidunyochilik ruhi, sof so‘fiyona ma’no va mazmun ustuvor. G‘azallari Diniy-ma’rifiy yo‘nalishda yaratilgani bois, Haziniy merosi mustaqillikkacha deyarli o‘rganilmagan, ijodi Ahmad Yassaviy, Sulaymon Bokirgoniy, So‘fi Olloyor kabi shoirlar she’rlari singari “diniy reaksion” adabiyot sifatida baholangan.
1992 yildan boshlab shoir tavalludining 125, 130, 140, 150 yillik yubileylari viloyat miqyosida nishonlangan.


Lotin alifbosida maqola: Haziniy Xo‘qandiy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Haziniy (1867-1923)
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты