Fayziy Rahmat Fayziyevich

Rahmat Fayziy (haqiqiy ismi Fayziyev Rahmat Fayziyevich) — o‘zbek sovet yozuvchisi, kinodramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Polsha Xalq Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. “Hazrati Inson” romanining muallifi hamda “Sen yetim emassan” filmining senariy muallifi.

Rahmat Fayziy 1918 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida kosib oilasida dunyoga kelgan. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod o‘quvchilik maktabida ta’limini davom ettirgan va uni ham tamomlab, elektromexanika texnikumida tahsil olgan. 1937 yil Rahmat Fayziy “Lenin uchquni” gazetasiga ishga kiradi, bir yildan so‘ng “Yosh leninchi” gazetasida faoliyat yuritadi. Turli davrlarda “Frunzevets” (1943), “Qizil O‘zbekiston” (1944 yildan 1951 yilga qadar “Sovet O‘zbekistoni”) gazetalarida ishlaydi. 1951 yildan 1954 yilgacha - “Sharq yulduzi” jurnali bo‘lim mudiri. 1957 yildan 1959 yilga qadar “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi muharriri.

1962 yil Rahmat Fayziy “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga ishga kirib, u yerda 1965 yilga qadar senariy-muharrirlik jamoasida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritadi. 1965 yildan 1974 yilgacha Rahmat Fayziy O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. 1972 yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 1974 yildan Rahmat Fayziy mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha Butunjahon tashkilotining O‘zbekiston bo‘limi rahbari lavozimini egallagan.

Yozuvchi 1988 yil 70 yoshida vafot etgan.

Ulug‘ Vatan Urushidan so‘ng Rahmat Fayziy o‘zining hikoya va qissalarining bir nechta to‘plamini chop etadi — “To‘y to‘yonasi”, “Cho‘lga bahor keldi”, “Qissa va hikoyalar” 1951 yil omma e’tiboriga taqdim etildi, “Shohi darparda” to‘plami 1958 yil nashrdan chiqqan.

Eng katta shuhratni yozuvchiga “Hazrati Inson” (1969) romani olib kelgan.

Yozuvchi, shuningdek, “Qaydasan, mening Zulfiyam?” badiiy filmining senariy muallifi ham hisoblanadi.

Mukofotlari

  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1968)
  • O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1978)
  • Polsha Xalq Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi (1977)

Lotin alifbosida maqola: Fayziy Rahmat Fayziyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты