Tabibullayev Sa’dixon

Sa’dixon Tabibullayev — sovet teatr va kino aktyori.

1906 yil Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro pedagogika bilim yurtini bitirgan, havaskor to‘garakning faol qatnashchisi bo‘lgan. 1924-1927 yillar Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida o‘qigan. 1927 yildan Samarqand truppasi (keyinchalik Hamza nomidagi teatr) safiga kirgan. 1943 yildan kinoda chiqishni boshlagan. Lavha rollar ustasi.

2000 yil vafot etgan.

Teatrdagi rollari

F. Shillerning “Makr va muhabbat”idagi Vurma

V. Shekspirning “Hamlet”idagi Ozrik

Oybekning “Qutlug‘ qon”ida Mirza Karimboy

A. Qahhorning “Tobutdan tovush”ida Suqsurov

Shekspirning “Qirol Lir”ida Mas'haraboz

K. Yashenning “Inqilob tongi”da Qoziqayun

Uyg‘un va I. A. Sultonovlarning “Alisher Navoiy”sida Mansur

Filmografiya

1945 — “Tohir va Zuhra” filmidagi Xorazm shohi

1946 — “Nasriddin sargo‘zashtlari”dagi chol

1947 — “Alisher Navoiy”dagi Jomiy

1953 — “Boy ila xizmatchi”dagi Ellikboshi

1955 — “Amirlikning qulashi”da Urzuf

1960 — “Mahallada duv-duv gap”da Tabib;

Hamza — savdogar

1968 — Qo‘mondonning qaytishi

1969 — Qari ustaning vasiyati — Muxtam-aka Tojibekov

1971 — Chegaralar tutashgan yer — Rahim aka

1976 — “O‘zoq va yaqin yillar”dagi Toji aka

1977 — Qo‘qonda — imom Islamqul;

Shum bola — Safar ota

1978 — Xorazm afsonasi — qorqchilar sarkardasi;

Sevgi va g‘azab — lavha

1978—1984 — “Olovli yo‘llar”dagi Darvesh

1979 — Chinor ostidagi duel — lavha;

Ali bobo va qirq qaroqchi — Gulobod fuqarosi

1980 — Leningradliklar — mening farzandlarim — Karim aka;

Afsonaviy qiz — hovli egasi

1982 — Dahoning yoshligi — lavha; general buvi — Xojimurod

1983 — Akmalning yangi sarguzashtlari

1986 — Shahrizodaning yangi sarguzashtlari — qorovul;

Salom, Gulnora Rahimovna! — Gulnora Rahimovnaning bobosi

1990 — Tangalik bolalar — lavha

Mukofot va sovrinlari

O‘zbek SSR xalq artisti (1949)

Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1949) — Uyg‘un va I. A. Sultonovlarning “Alisher Navoiy” spektaklidagi Mansur roli ijrosi uchun

U. Shekspirning “Qirol Lir” spektaklidagi mas'haraboz timsolini gavdalantirgani uchun bil Hamza nomidagi O‘zbek SSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1967).

Qizil mehnat nishoni

“Hurmat belgisi” ordeni

Lenin, Mehnat qizil nishoni, “Hurmat belgisi” ordenlari bilan mukofotlangan.


Lotin alifbosida maqola: Tabibullayev Sa’dixon haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ALISHER NAVOIY
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты