Ergasheva Ma’mura

Iste’dodli raqqosa va baletmeyster Ma’mura Ergasheva 1951 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent xoreografiya bilim yurtini va 1977 yilda Toshkent chet tillar institutini tugatgan.

O‘zbek Davlat «Bahor» xalq raqs dastasida raqqosa sifatida faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 1990 yildan shu dastaning badiiy rahbari va bosh baletmeysteridir.

Mukarrama Turg‘unboevaning eng yaxshi va sadoqatli shogirdi bo‘lgan M. Ergasheva o‘zi ijod etgan va sahnaga qo‘ygan raqslarida ustozining an’analarini izchillik bilan davom ettirmoqda.

Raqqosa «Munojot», «Tanovar», «Larzon», «Farg‘ona ruboiysi», «Lazgi», «Buxorocha larzon», «Dunyoni asrang», «Ko‘zlaringni yashirma», «Shoshdiyu ketdi», «Rohat», «Holim so‘rma», «Jonon piyola», «Pilla», «Duxtari lola», «O‘n sakkiz yoshligim», «Gulsara raqsi», «Marjonlaring», «Daryo toshqin», «Jonon», «Zavqim kelur», «Yovvoyi tanovar», «Asta qiyolab o‘tdi», «Ona», «Doira raqsga chorlaydi», «Saname», «Yalla aytayin», «Chorgoh», «Xamsa» asarlariga raqs, «Dilxiroj», «Safti munojot», «Navro‘zi ajam» kabi o‘zbek mumtoz, maqom va zamonaviy raqslarni nihoyatda go‘zal, joziba va mohirlik bilan ijro etdi.

Ma’mura Ergasheva taniqli baletmeystrlar izidan borib, «Bahorim», «Fig’onkim», «Sening qarashlaring», «Navro‘zi ajam», «Gul va bulbul», «O‘ynasa», «Xayoliy qiz», «O‘zbekiston», «Uch doira raqsi», «Bebaholardan», «Yalla aytayin», «Safti munojot», «Buncha go‘zal», «Erta bilan turaman», «Buxoracha raqs», «Xorazmcha raqs», «Bilakuzuk», «Xorazmcha qoragul» (kompozitsiya), «Erkalab», «Parvona», «Farg‘ona go‘zali», «Xeva go‘zali», «Andijon polkasi», qirg‘izcha, qozoqcha kabi ellikdan ortiq mumtoz, xalq va jahon xalqlari raqslarini nozik did bilan sahnalashtirdi.

Raqqosaning ijro etgan, sahnaga qo‘ygan raqslari ba’zan nozik va mayinligi, ba’zan sho‘, erkin va keskin harakatlari, katta jozibasi hamda estetik ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ustozlari M. Turg‘unboeva, I. Oqilov, G. Izmaylova, S. Musheeva, G. Mavaeva, Irismetovalardan raqs san’atining murakkab va nozik sirlarini muttasil o‘rganish, izchil ravishda o‘z ustida ishlash, tinimsiz mehnat, umuman, o‘z kasbiga katta mehr va sadoqat natijasi o‘laroq.

Ma’mura Ergasheva tez orada iste’dodli raqqosa, talantli baletmeyster, yaxshi tashkilotchi sifatida keng jamoatchilikka yaqindan tanildi, el nazariga tushdi, shuhrat qozondi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulnora Nizomova, Rushana Sultonova, Olima Yoqubova, Roziya Odamboeva va raqqosalardan Yelena To‘xtaeva, Gulshana Qurbonboevalarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Ma’mura Ergasheva 1978 yilda «Doira raqsga chorlaydi» raqsi uchun Gavanada bo‘lib o‘tgan Yoshlar va talabalar festivalining sovrindori bo‘ldi. 1979 yildan O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining a’zosi. 1983 yilda unga «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berilgan bo‘lsa, 1999 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.


Lotin alifbosida maqola: Ergasheva Ma’mura haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sardor Mamadaliyev - Lazgi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты