Rafiq Mo‘min

Rafiq Mo‘min XX asr zamondosh-shoiri. 20-30 yillar uning ijodi G‘ayratiy, H. Olimjon, Mirtemir kabi ajoyib shoirlar tomonidan tan olingan. U nafaqat shoir, balki publitsist va pedagog ham bo‘lgan.

Lirik she’rlar bilan bir qatorda, u o‘tkir hajviy, satirik asarlari ham yozib, undagi so‘zlar keskir shamshir kabi o‘tkir bo‘lgan.

Rafiq Mo‘min 1900 yil 7 fevral kuni Namanganda, ko‘p farzandlik kambag‘al oilada tug‘ilgan. Uning otasi Mulla Mo‘min hamyonining kambag‘alligiga qaramay, ma’nan boy kishi bo‘lgan. Uzoq qish kunlari, shudgorga dam berib, o‘zlari ham ishsiz bo‘lgan vaqt, otasi barcha do‘stlarini bir dasturxon (sandal) oldiga to‘plagan va ularning har biri Navoiy, Fuzuliy, Mashrab she’rlaridan o‘qishgan. Ish paytida esa u ko‘pincha Razzoq Hamroyev, Sanjar Tilla, Uchqun Rahmon kabi zamonaviy shoirlarning she’rlarini og‘zaki aytib ishlagan.

Rafiq Mo‘min nochor oilada katta bo‘lgan, lekin uning otasi o‘g‘liga kerakli bilim berish kerak deb hisoblagan. Shunday qilib, Rafiq Mo‘min rus-tuzem maktabini tamomlagan. Mumtoz sharq adabiyoti bilan bir qatorda, u A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy va boshqa rus yozuvchilarining asarlarini o‘rgangan.

Oktabr inqilobi yillari u bolsheviklar tarafdori bo‘lgan. U mahalliy inqilobchilar safiga qo‘shilib oladi va savodsizlikka qarshi kurashishni boshlab, maktablar ochadi, ularda yangi o‘qitib uslubini yaratadi.

Mehnat faoliyatining ilk yillari u Namangan bolalar uyida tarbiyachi va o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. U ko‘p vaqtini butunlay ota-onasidan yetim qolgan va mehrga zor bolalarga sarflagan.

1925 - 1927 yillar uning tashabbusi bilan Namanganda 4 ta yangi maktab ochilgan. R. Hamroyevning xotirasiga ko‘ra, “Rafiq Mo‘min faqat qalbdangina shoir bo‘lmay, tashqi qiyofasi, xatti-harakati bilan ham shoirona odam edi. Rafiq akaning Navoiy, Lutfiy, Furqat ijodi haqidagi hikoyalari juda maroqli bo‘lardi... Rafiq aka yaxshi xonanda va bastakor ham edi. U o‘z she’rlariga kuy to‘qib, bolalarga o‘rgatar edi”.

Madrasadagi ta’limi, mumtoz sharq shoirlarining asarlarini chuqur o‘rganish unga o‘z adabiy uslubini yaratishda yordam berdi. Ayniqsa, Mashrab ijodi uni o‘ziga rom etdi. Shu sababli, o‘zining ayrim she’rlarini “Mashrab” tahallusi ostida yozgan.

Uning she’rlari “Mushtum” va “Mashrab” jurnallarida nashr etilgan. Unda olg‘ir, tekinxo‘r va poraxo‘rlar, landavur, ishyoqmas, takasaltanglar, eski urf-odat va bid’at ishlar keskin tanqid qilingan.

Uning she’rlarida bahor, gullash va bulbullar sayrashi kabi mavzular ko‘p uchraydi, bu orqali u sevimli kitobxonlarga yorqin guldusta had’ya qiladi. Jumladan, “Ey, go‘zal g‘uncha”, “Gul kapalaklari”, “Yana bahor” kabi she’rlarida o‘zining hayot va odamlar, tabiat haqidagi nozik tuyg‘ularini omuxta ifodalaydi.

U hajviy va lirik she’rlar yozgan, jumladan, “Ibrohim” dostoni, “Qapchig‘ay”, “Qizil qiz”, “Zanglagan pichoq”, “Bolaqo‘r”, “Tiyonshon qizi” dostonlari, “Yoriltosh”, “Ishchi bobo”, “Oydin” kabi sahna asarlari.

U 1937 yilning 25 mayida hibsga olinib, o‘n yilga Kuybishevdagi qamoq lageriga surgun qilinаdi. O‘n yillik qiynoqlardan so‘ng 1947 yilning yozida o‘z vataniga qaytib keladi. 1951 yilning 5 mayida qamoqdan orttirib kelgan og‘ir kasallik tufayli vafot etаdi.

Istiqloldan so‘ng, ya’ni 1998 yil uning “Qapchig‘ay” (1998) nomli she’rlar va dostonlar to‘plami nashrdan chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: Rafiq Mo‘min haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты