Po‘latov Temur Isxakovich

Temur Isxakovich Po‘latov - taniqli o‘zbek va rus nasrnafisi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston davlat mukofoti laureati. Tojikiston xalq yozuvchisi. Vaja Psheval (Gruziya), Sayot-Nova (Armaniston) adabiyot muokofotlari laureati. M. A. Sholoxov nomidagi xalqaro mukofot laureati. Rossiya Prezidenti B. N. Yelsin farmoni bilan adabiy faoliyati uchun 1996 yil “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan mukofotlangan. 1998 yil Monarx uyi rahbari knyaz A.Bugayev Timur Po‘latovga graflik unvonini taqdim etadi.

1939 yil Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro Pedagogika institutini (1963), Moskvadagi Oliy senariychilar va rejissyorlar kursini tamomlagan (1967). “O‘zbekfilm” kinostudiyasi muharriri bo‘lib ishlagan. Bir qator badiiy filmlar senariysi muallifi (T. Po‘latovning “Qo‘mondonning qaytishi” nomli qissasi asosida, 1968 y., rejissyor D. Salimov, “Bu kelishgan yigit”, 1972 y., rejissyor - E. Xachaturov, “G‘oyibning so‘nggi sayohatlari”, T. Po‘latovning shu nomli qissasi asosida, 1991 y., rejissyor - F. Davletshin va boshqalar).

1968 yil Timur Po‘latov SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. 1991 yil SSSR Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi etib saylanadi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi 1992 yil Rossiya va MDH mamlakatlarining Xalqaro Yozuvchilar Uyushmalari Jamiyatiga o‘zgartirilgach, Timur Po‘latov sobiq SSSR hududidagi mazkur yirik yozuvchilik birlashmasiga Ijroiya qo‘mitasining birinchi kotibi sifatida boshchilik qiladi. 1994 yildan e’tiboran, 6 yil davomida Timur Po‘latov Xalqaro yozuvchilar uyushmalari jamoasiga boshchilik qiladi. Bu vaqt davomida SSSR parchalanishi bilan, deyarli yo‘q bo‘lib ketgan yozuvchilar ijodiy tashkiloti qayta tiklanadi. Rossiya va MDH mamlakatlari Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida ijodiy aloqalar o‘rnatiladi. Ko‘p yillardan buyon rus tilida birinchi martta MDH mamlakatlari milliy yozuvchilarining asarlari 200 ga yaqin she’riy va nasriy asarlar hajmida chop etila boshlaydi.

Rossiya va MDH mamlakatlari yozuvchilarining eng mashhur asarlari uchun Boris Pasternak, A. Platonov, A. Navoiy, U. Xayyom, S. Vurgun va boshqalarning milliy mukofotlari joriy qilindi. MDH, Osiyo va Afrika davlatlari yozuvchilari uchun “Lotus” xalqaro adabiy mukofoti yaratildi. 1998 yildan buyon kitobxonlarni rus tilida Hamdo‘stlik mamlakatlari yozuvchilari asarlari bilan tanishib, adabiy aloqalar o‘rnatishda yordam beruvchi, o‘z sahifalarida yosh va iqtidorli yozuvchilarni, iqtidorli yozuvchilarni topuvchi “Adabiy Yevroosiyo” gazetasi nashr etila boshladi. 90-yillarning boshlarida to‘xtatib qo‘yilgan xalqaro adabiy aloqalar ko‘plab mamlakatlar bilan qayta tiklandi - Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Xitoy, Yaqin Sharq mamlakatlari.

2000 yil Timur Po‘latov Xalqaro yozuvchilar uyushmalari jamoasi raisligidan bosh tortadi. Shundan keyin yozuvchi ancha yillardan buyon istagan adabiy ijodga qaytadi. Ayni chog‘da zamonaviylik haqidagi roman ustida ish olib bormoqda.

1991 yildan bugungi kungacha Timur Po‘latov Moskva shahrida istiqomat qiladi. Uylangan. Farzandlari va nabiralari bor.

Timur Po‘latovning “Yo‘l yoqalab yurma” nomli birinchi qissasi 1964 yil nashr qilingan. Shuningdek, uning boshqa asarlari ham keng shuhrat qozongan, jumladan:

  • “Bo‘lak manzilgohlar”
  • “G‘oyibning ikkinchi safari”
  • “Kunda-shunda”
  • “Soqchi minorasi”
  • “Buxoro xonadonining kechmishlari” trilogiyasi

Eng katta shuhrat va hurmat qozongan romani “Taroziy toshbaqasi” - inson ruhiyatining shijoati va yuksak aql-zakovatini namoyon etuvchi katta tajribaga jur’at etgan o‘rta asrlar buxorolik olimining hayoti va ajoyib sarguzashtalari haqida.

“Suzayotgan Yevroosiyo” - fantastika va voqe’ilik, afsona va satira, tarix va zamonaviylikning ajoyib uyg‘unlashuvi. Roman voqealari katta o‘rta asr shahrida, fojiaga to‘la kunlarda navbatdagi yer qimirlashini kutish bilan o‘tadi.

Timur Po‘latovning bir qator asarlari taqiqilangan matnlar tufayli muallifning ona Vatani O‘zbekiston yuzini ko‘rmagan. Rossiyada esa asarlar yozilganidan bir necha yillar o‘tib chop etilgan.

Timur Po‘latovning romanlari, qissalari va hikoyalari arab, urdu, fors, hind, ingliz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Vengriya, Chexoslovakiya, Bolgariya, Polsha, Germaniya, Shvetsiya, Finlyandiya va boshqa davlatlarda nashr etilgan. AQSh, Italiya, Germaniyada risolalari chop etilib, Timur Po‘latov ijodi asosida dissertatsiyalar yoqlangan.

1996 yil “Zamonaviy yozuvchi” nashriyotida Timur Po‘latovning uch tomlik sara asarlari chop etilgan. 1999 yil shu nashriyotning o‘zida Timur Po‘latovning publitsistik maqolalari, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston, Checheniston Respublikasi, Ozarbayjonning yozuvchilari va adabiyotshunoslar u haqda bildirgan fikrlari, shuningdek, xorij OAVlarining fikrlarini o‘z ichiga olgan to‘rtinchi tomi nashr etilgan. Xususan, germaniyalik tadqiqotchi B. Fuchsning “T. Po‘latovning asarlarida inson, jamiyat va din” nomli yirik risolasi. Timur Po‘latov ijodi haqidagi so‘nggi eng mashhur namunalaridan biri, 2005 yil chiqqan E. F. Shafranskiyning “Timur Po‘latov nasrining afsona-she’riyati: Dunyoning milliy tasvirlari”.


Lotin alifbosida maqola: Po‘latov Temur Isxakovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
GRUZIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ROSSIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты