Nosirova Halima

Halima Nosirova — opera xonandasi (soprano), pedagog, O‘zbekiston xalq artisti.

Halima Nosirova 1913 yil 7 dekabrda Qo‘qondan uzoq bo‘lmagan Tog‘liq qishlog‘ida tug‘ilgan. Oilada to‘qqizinchi farzand bo‘lgan.

1924 yildan 1927 yilgacha O‘zbekistonlik yoshlar guruhi bilan Baku teatr texnikumida tahsil oladi.

1927 yil o‘zningi ijodiy faoliyatini Hamza nomidagi drama teatrida aktrisalikdan boshlagan. 1934 yildan 1937 yilgacha Moskva konservatoriyasining o‘zbek opera studiyasida o‘qigan.

1930 yildan 1985 yilgacha O‘zbek opera va balet teatrida ishlaydi, 1939 yildan yetakchi solist bo‘ladi. Konsert xonandasi sifatida ham ishtirok etgan.

O‘zining san’atida xonanda rus mumtoz vokal maktabi ko‘nikma va usullarini milliy tembr ohangdorligi bilan uyg‘unlashtira olgan.

Eng yaxshi partiyalari: Layli, Gulsara (Glier va Sodiqovlarning “Layli va Majnun”, “Gulsara”), Sin Duf-fan (Kozlovskiyning “Ulug‘bek”), Zuhra (Jalilov va Brovtsinlarning “Tohir va Zuhra”), Maysara (Yudakovning “Maysaraning ishlari”), Karmen (Bizening “Karmen”) va boshqalar.

1979-1986 yillar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan.

2003 yil 3 yanvar kuni Toshkentda vafot etgan.

Ijodiy ishlari

  • “Layli va Majnun” Glier va Sodiqovlar - Layli
  • “Gulsara” Glier va Sodiqovlar - Gulsara
  • “Ulug‘bek” Kozlovskiy - Sin Dun-fan, Layli
  • “Tohir va Zuhra” Jalilov va Brovtsin - Zuhra
  • “Maysaraning ishlari” Yudakov - Maysara
  • “Karmen” Bize - Karmen
  • “Bo‘rоn” Ashrafiy va Vasilenko - Norgul

Mukofotlari

  • Hamza nomidagi O‘zbekiston Respublikasi mukofoti (1968).
  • O‘zbekiston xalq artisti
  • “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni

Lotin alifbosida maqola: Nosirova Halima haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты