Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrab(1653-1711) Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan (1711) dorga osiladi.

Mashrab (taxallusi; asl ismsharifi Boborahim Mulla Vali oʻgʻli) (1640, Namangan - 1711, Balx) - shoir va mutafakkir. Mashrab nomi 18-19-a.larda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda (mas, Bade Samarqandishshng "Muzokir ul-ashob" va b.) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nixryatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat "Devoni Mashrab", "Devonai Mashrab", "Eshoni Mashrab", "Hazrati shoh Mashrab" nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalqtasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht - rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiytarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan Sufi Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida liniy taʼlim oladi, sufiy tariqatlar boʻyicha bilimini oshiradi, forsiy tilni oʻrganadi.

Taxmina 1665 yillarda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzuriga boradi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi Ofoq Xoja dar-gohida va uning targʻibotsaboqlari taʼsirida yaratilgan. Ofoq Xoja shaxsiy hislatfazilatlarini madh etuvchi, uni "piru rahbar" deb tan oluvchi baytmisralar mujassam boʻlgan gʻazal va muhammaslar ham ("Koshki", "Oʻzum" radifli gʻazallar, "Qolmadi" radifli muhammas) shu muridlik yillari mahsulidir.

Mashrab taxmina 1672-1673 yillarda OfoqXoja dargohini tark etadi. Qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidagi kanizaklarning biriga koʻngil qoʻygani, sevib-sevilgani sabab boʻlgan. Ammo Mashrabning ogʻir jismoniy jazolanib kuvilishi zaminida pir bilan murid oʻrtasida jiddiy gʻoyaviy ziddiyatlar boʻlgan deyilsa, haqiqatga muvofiq boʻladi.

Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli oʻlkalarda darbadarlikda oʻtkazadi. Qoʻnimsiz hayotga yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulmu sitam ostidagi ohu nolasi shoir qalbini larzaga soladi ("Dili tigʻi sitamdin pora boʻlgʻon xalqni koʻrdum"...).

Mashrab asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlib, oʻsha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, u baʼzi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxoʻr mulkdorlar va johil amaldorlarning zoʻravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qoʻldan qoʻlga, ogʻizdan ogʻizga oʻtib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror qishloq yoki shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil kamba-gʻal xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish bilan qarshi olgan. Shoir qoʻnimsiz hayotining soʻnggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yoʻqotish payiga tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy Qatagʻonning hukmi bilan dorga osiladi.

Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha maʼlum asarlarining oʻzi ham Mashrabning favqulodda noyob isteʼdod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi sheʼriyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy sanʼatning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.

Mashrabning mohiyatan inson qadrisharafi va maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan sheʼriy merosida gʻazal, mustazod, murabba, muhammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, taʼrix kabi janr turlarida bitilgan yetuk na-munalarni uchratamiz. Ammo Mashrab avvalo mohir gʻazalnavis hamda koʻplab shoʻx va jarangdor mustazodlar, oʻynoqi va jozibador murabba hamda xalq gʻamu hasratiga hamdardlik hissi bilan yoʻgʻrilgan muhammaslar ijodkori sifatida keng dovrugʻ chiqargan. Mashrabning juda koʻp gʻazallari xalq qoʻshiklaridek sodda va jarangdor, joʻshqin va taʼsirchandir.

Mashrab oʻzbek adabiyoti tarixida eng koʻp mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi gʻazallari kabi, shoʻx va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir.

Mumtoz sheʼriyatda murabba turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Mashrab ijodining oʻrni katta.

Mashrabning romantik koʻtarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tarixida murabba turida yaratilgan eng yetuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. Mashrabning gʻazal, mustazod va murabbalarida ishq-muhabbat, vafosadoqat mavzui yetakchi oʻrinda tursa, muhammas va musaddaslarida chukur ijtimoiylik ustunlik qiladi, taqdirning kemtikligi va hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabru jafosidan shikoyat, taʼqibtazyiqidan norozilik dardli miyeralarda, ammo qatʼiy va keskin ifodalanadi. Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy gʻoyalar ham, oʻsha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohangtaʼkidlari ham sezilarli oʻrin egallaydi. Shoir sheʼrlarida Allohning mavjudligi, boru birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi.

Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning gʻazallariga taxmis va naziralar bogʻlashgan.

Mashrab qoldirgan adabiy meros toʻla aniqlanib, oʻrganilgan emas. Baʼzi tadqiqotchilar juda koʻp sheʼriy hikoyat va gʻazallarni oʻzida jamlovchi "Mabdai nur" nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar.

Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mamlakatimizning turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bogʻlari va kinoteatrlar, maktab va kutubxonalar, koʻchalar va jamoa xoʻjaliklari bor.


Lotin alifbosida maqola: Boborahim Mashrab haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MASHRAB
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
ALISHER NAVOIY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты