Bekmirzaev Norqul

Norqul Bekmirzaev 1944 yil 15 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

U “O‘zbek harbiy epopeyasi” (1978), “Jasorat va adabiyot” (1980), “O‘zbek harbiy prozasi” (1981), “Jasoratning badiiy talqini” (1991), “Ona yurt kuychisi” (2005), “She'riyat ishqiga yo‘g‘rilgan yurak” (2007) nomli ilmiy kitoblarni e'lon qildi.

Bu orada u badiiy ijod bilan ham shug‘ullanib “To‘g‘riga to‘p o‘tmas” (1991) nomli hujjatli qissasini chop ettirdi.

U o‘nga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 150 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. “Notiqlik san'ati sirlari” (2006), “Notiqlik asoslari” (2006), “Notiqning yon daftari” (2007), “Nutq madaniyati va notiqlik asoslari” (2007), “Notiqlik san'ati asoslari (2008) o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.

“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2009” Respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi. “Muallimning yon daftari” (2011), “Yurist nutqi madaniyati” (2011) kitoblari muallifi.


Lotin alifbosida maqola: Bekmirzaev Norqul haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты