Otaboy Eshonovich Eshonov

Mashhur huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori (1950 y.), professor (1951 y.). O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1960 y.), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi “ (1966 y.).

Siyosiy fanlar assotsiatsiyasi O‘zbekiston bo‘limining asoschisi va birinchi rahbari. Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1936 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ushbu institutda aspirant (1936-39 yy.), assistent, katta o‘qituvchi (1939-43 yy.), dotsent (1943-45 yy.), davlat va huquq kafedrasi mudiri (1954-55 yy.) bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (FA) Tarix va arxeologiya (1945-1951 yy.), Iqtisodiyot (1951-52 yy.) institutlarida bo‘lim mudiri.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Fan, madaniyat va maorif bo‘limi mudiri

(1953-1954 yy.). O‘rta Osiyo davlat universitetida kafedra mudiri (1955-1958 yy).

O‘zbekiston FA Falsafa va huquq institutida direktor o‘rinbosari (1958-1959 yy.), direktor (1959-1961 yy.), sektor mudiri (1961 yildan). O‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini huquqshunoslik va davlatshunoslikni o‘rganishga bag‘ishlangan.

U bir necha darslik va o‘quv qo‘llanmalarining muallifi. Buxoro shahridagi ko‘chalarning biriga O.E.Eshonov nomi berilgan.


Lotin alifbosida maqola: Otaboy Eshonovich Eshonov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YAPONIYA
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты