Abdullaxon I

Abdullaxon I (15-a. oxiri — 1540.14.9, Samarqand) — Movarounnahr (Buxoro) xonligining Shayboniylar sulolasi o’zbek hukmdori (1540 y. mart—sentyabr oylarida 6 oy hukmronlik qilgan). Abdulxayrning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli.

Abdullaxon I koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514—40 y. mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540 y. mart), Buxoro xonligi qisqa muddat 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdullaxon I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan soʻng samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan.

Abdullaxon I 1540 yil 14 sentyabrda Samarqanda vafot etgan va otasi yoniga Samarqandagi maqbaraga dafn qilingan. Maqbara xozirgi kunlargacha yetib kelmagan, uning qoldiqlari 1930 yilda butkul yoq qilingan.


Lotin alifbosida maqola: Abdullaxon I haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
Umar Shayx Mirzo Bahodir
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты