Abdulloh al-Hakim at-Termiziy

Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.

Bo‘lajak alloma Termiz shahrida tavallud topib, 8 yoshidan diniy ilmni chuqur egallaydi. U 28 yoshida musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblangan Makkani ziyorat qilib qaytayotganida diniy ilmni mukamallashtirish maqsadida so‘fiylik ilmi murabbiylari bilan tanishib qoladi. Vataniga qaytgan Termiziy so‘fiylik ilmini davom ettiradi. Uning ustozlari orasida taniqli Xuroson shayxlari: Abu Turob an-Naqshabiy, Yahyo al-Jalla, Ahmad ibn Xadravoyho va boshqalar bor edi..

At-Termiziy tarkidunyo yo‘lini tutgani uchun mahalliy aholi uni hurmatini joyiga qo‘yishardi, tez orada u o‘z shogirdlarini yig‘ib oldi. Biroq uning xatti-harakati mahalliy hokimiyat va fikh ulamolariga sira yoqmasdi va ta'qib qilishni boshlashdi. Shunda At-Termiziy o‘z yurtini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U Balxda, keyinchalik Nishopur shahrida qo‘nim topadi.

So‘fiylikning rivojlanishiga asosiy qo‘shgan hissasi — Hatm al-avliyo (illohiyot muhri) edi. U illohiyot ta'limotini ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko‘ra, illohiy kuch dunyoni boshqaradi: At-termiziy bu ta'limotini Allohning elchisi va payg‘ambarlariga bag‘ishlaydi.

Bu kitob ilk marta musulmon dunyosida Alloh yaratgan mo‘'jizasi va zikr so‘zining ma'nosi haqida yozilgan. At-Termiziy ta'kidlashicha, bu illohiylik (valiy) vaqt bilan chegaralangan, u payg‘ambarlar mo‘'jizasi (nubuvvat) muhr bilan belgilangan va u qiyomatda namoyon bo‘lishi kerak.


Lotin alifbosida maqola: Abdulloh al-Hakim at-Termiziy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Umar Shayx Mirzo Bahodir
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты