Frumentiy Nikolayevich Abakumov (1915yil 13 dekabrda Astraxan viloyati Prishib qishlog’ida - 1951 yil, 2 martda vafot etgan) - geolog, uran qazib chiqarish konlarining birinchi kashfiyotchilaridan biri, Lenin premiyasi laureati.
Frumentiy Nikolayevich Abakumov Rossiyaning Prishib qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Rossiyaning Astraxan viloyati Yenotaevsk tumani).
1939 yilda Leningrad universitetini tugatgan. 1940 - 1942 yillarda O‘zbekiston Geologik boshqaruvi partiyasida ishlagan.
1942 yilda Toshkent shahridagi Lenin voyenkomati orqali Qizil Armiyaga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1-shtab boshlig‘i yordamchisi sifatida urushda kurashgan. 1943 yil yanvarda yaralangan. 1945 yilda demobilizatsiya qilingan.
O‘zbekistonda gidrogeolog bo‘lib ishlagan, 1947 yildan boshlab O‘rta Osiyo respublikalarida uran qazilmalarini topishda ishtirok etgan. 1950 - 1954 yillarda bosh geolog, 1954 - 1955 yillarda bosh injener, 1955 - 1989 yillarda partiya boshlig‘i, geolog, Krasnoxolms geolog-razvedka ekspeditsiyasida katta geologi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Navoiy konchilik kombinati bazasidagi Uchquduq uran qazilmasi koni birinchi kashfiyotchilardan bo‘lgan (V.M. Mazin, A.I. Pak, A.A. Petrenko, M.E. Poyarkovalar bilan birgalikda).
1989 yil 2 oktyabrda nafaqaga chiqqan.
Unvonlari