Nasriddinov ​Mirzaabdulla Boqiy

Mirzaabdulla Nasriddinov Boqiy taxallusi bilan tanilgan - sovet, o‘zbek va tojik shoiri va tarjimon.

U 1882 yil Farg‘ona viloyatining Qo‘qon okrugi, qadimiy va taniqli joylardan biri Rishtonda ziyoli olim mulla Nasriddinlar oilasida tug‘ildi.

Boqiy bolaligidan sharq adabiyoti va she’riyatiga mehr qo‘ygan, ayniqsa, Bedil, Navoiy asarlariga. Boshlang‘ich ta’limni mahalliy maktabda oladi va Qo‘qonning turli xil madrasalarida o‘qishni davom ettiradi. Va u yerda o‘z zamonasining taniqli shoir va mutafakkirlari Muqimiy, Furqat, Muhayyir, Zavqiy, Nadim Namangoniy, Roja Marg‘iloniy, Roja Xo‘jandiylar bilan tanishadi va do‘st tutinadi.

Shoir o‘zining she’riy ta’riflarida tarix va adabiy omillari bilan tanilgan. Bu inson yorqin g‘oyalarga ega, savodli va iste’dodli shoir. Boqiyning ruhiyati so‘fizmga yaqin, shuning uchun u “Boqiy” taxallusini olgan, bu degani “Mungli” degan ma’noni bildiradi. Bedil she’riyatiga va shaxmat o‘yiniga qiziqardi. Qo‘qonda shaxmat va falsafiy dunyoqarashlari bo‘yicha Bedilga teng keladigani yo‘q edi. Uning bir qancha she’rlari bo‘lsa ham, lekin alohida devoni yo‘q.

Mirzaabdulla Boqiy Navoiy asarlariga muxammas yozgan, “Tuhfat-ul-afkor” qasidasini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

1941 yil Boqiy buyuk mutafakkir va davlat arbobining 500 yillik tavallud ayyomini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiritildi.

U xalq shoiri G‘afur G‘ulomning muallimi va yaqin do‘sti edi. 1943 yildan boshlab shoir Boqiy O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi hisoblanadi.

Mirzaabdulla Boqiy 1967 yilda vafot etdi. Rishtonda So‘fi Sodik qabristoniga dafn qilindi.


Lotin alifbosida maqola: Nasriddinov ​Mirzaabdulla Boqiy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты