Dauletov Abatbay Dauletovich

Dauletov Abatbay Dauletovich -sovet va o’zbek filologi, Fanlar akademiyasi akademigi.

1942 yil 20 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Abatbay Dauletov 1964 yili Qoraqalpog‘iston davlat pedagogika institutini tugatib shu yerda ish faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik Leningrad davlat universitetini 1972 yil bitirib, shu yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Abatbay Dauletov “Qoraqalpoq adabiy tilining zamonaviy tovushlari qatori” nomli doktorlik dissertatsiyasini 1992 yilda yoqlagan.

1995 yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi etib tanlangan.

Olim o’nlab yillar davomida Qoraqalpoq davlat universitetida dastlab dotsent, professor, kafedra mudiri va fakultet dekani vazifalarida ishladi. U Qoraqalpoq adabiy tilining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar qildi, yuqori malakali shogirdlar yetishtirdi.

Uning qo‘li ostida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari himoyaga chiqishgan.

U Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan arbob unvoni bilan ham taqdirlangan.

2015 yil 7 aprelda vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: Dauletov Abatbay Dauletovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты