Karimov Naim

Taniqli yozuvchi va olim, filologiya fanlari doktori, professor, ilmiy va ommabop asarlar muallifi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Naim Karimov butun umrini adabiyot sohasiga bag‘ishlab, el-yurtiga xizmat qildi. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi beminnat xizmati uchun “El-yurt hurmati” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Adabiyotshunos Naim Fatihovich Karimov 1932 yilning 12 dekabrda Toshkentda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1955 yil O‘ODU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.

O‘qishini aspiranturada davom ettirib, 1958 yil tamomladi. Aspiranturadan so‘ng yosh olim O‘zbek SSR FAning til va adabiyot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishga kiradi, yetakchi ilmiy xodimlikdan bo‘lim mudirigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. 1993 yil Naim Karimovga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi taqdim etiladi, 1994 yil esa professorlik darajasi beriladi.

Naim Karimovning ilmiy faoliyati asosan, XX asr o‘zbek adabiyotini, Cho‘lpon, Fitrat, Hamza kabi jadidchi yozuvchilar ijodini o‘rganish bilan bog‘liq. Olim Oybek, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjon, Hamzaning asarlari to‘plamini tayyorlashga faol bel bog‘laydi. Uning qalamiga “Hamid Olimjon” (1979), “Oybek” (1985), “Usmon Nosir”, “Usmon Nosir hayotining so‘nggi yillari” (1993-1994) kabi ilmiy-ommabop kitoblar tegishli.

O‘ndan ortiq kitoblar, yuzdan ziyod maqolalar yozgan, turli anjuman va simpoziumlarda ma’ruzalar o‘qigan, yorqin ilmiy faoliyati uchun Beruniy nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi, professor va filologiya fanlari doktori unvonlariga loyiq topilgan. Bir so‘z bilan aytganda, yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida u o‘zbek adabiyotining betakror namoyondalaridan biriga aylangan. XX asr o‘zbek adabiyoti rivojini Naim Karimovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Mana, bir necha yildirki, Naim Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish ustida ish olib bormoqda. U “Shahidlar xotirasi” memorial majmuasiga hamda “Qatag‘on kurbonlari xotirasi” muzayiga asos solinishida ko‘p hissa qo‘shgan. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi yaratilishi og‘ir ish bo‘lgan, zero, o‘sha vaqtlar suratlari, qo‘l yozmalari, hujjatlari, kiyim-kechaklari va boshqa ashyolarni topish qiyin bo‘lgan. Shunga qaramay, eksponatlar topilgan va muzey belgilangan vaqtda ochilgan.


Lotin alifbosida maqola: Karimov Naim haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты