Komilov Usto Olim

Usta Olim Komilov (1875-1953) — musiqachi, baletmeyster, xoreograf. O‘zSSR xalq artisti (1937). Mehnat qahramoni (1932). “Usulchi” — O‘zbek mumtoz xoreografiya bilimdoni, mumtoz o‘zbek raqs usullari va harakatlari tadqiqotchisi.

Marg‘ilonda tug‘ilgan. Ma’lum kasbiy tarbiyaga ega emas artistlar toifasiga kiradi.

Olim Komilov mehnat faoliyatini aravasozlikdan boshlagan. Ma’lum vaqtdan so‘ng u hofizlarning kuylarini hirgoya qilishni va ko‘plab usullarni urishni boshlaydi. Ish o‘rtasidagi tanaffuslarda u qo‘liga padnisni olib, mahorat ila taniqli doyrachilarga taqlid qilardi. Uni oilaviy tantanalarga chaqirishar, u esa doyra va nog‘orada jo‘r bo‘lardi. So‘ngra, taniqli marg‘ilonlik yallachi Salomat xolaga jo‘r bo‘ladi. Kunlardan bir kuni barcha marg‘ilonlik usulchilari va raqqoslar orasidagi tantanada Olim Komilov artist deb tan olinadi.

1918 yil Qizil Armiya tarkibida ishtirok etgan birinchi raqs truppalarini tashkil etgan. 20-yillar turli targ‘ibot guruhlarida ishlagan. 1926 yildan 1929 yilgacha birinchi o‘zbek etnografik baletmeysterlik guruhi yaratuvchilaridan biri, keyinroq uning qoshida birinchi respublika raqs maktabi ochilgan.

1929-39 yillar O‘zbek musiqali teatri, 1939 yildan Navoiy nomidagi teatr baletmeysteri. Roslavetsning “Paxta” (1933), Talning “Shohida” (1939), Brusilovskiyning “Gulandom” (1940) kabi birinchi o‘zbek baletlarini sahnalashtirishda ishtirok etgan. F. V. Lopouxovga Vasilenkoning “Oqbilak” (1943) baletini sahnalashtirishda maslakdosh bo‘lgan.

O‘zbek raqs maktabining1-sonli etnografik guruhi O‘zbek musiqali teatri studiyasida (1926-29 yillar), Tamara xonim nomidagi respublika balet maktabida (1933-34 yillar), Navoiy nomidagi teatrning balet studiyasi va solistlar sinfida (1939-53 yillar) dars bergan. O‘quvchilari orasida: Tamara Xonum, G. B. Izmaylova, M. Turg‘unboyeva, X. A. Komilova, G. N. Mavayeva, K. Yusupova. Birinchi xalqaro milliy raqslar festivali laureati (London 1935 yil).

1935 yil Londonda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro milliy raqslar festivalida “Pilla” raqsini yakkaxon ijrochisi Tamara Xonim Oltin medalga sazovor bo‘lgan. Ushbu raqs birgina musiqiy asbob - doyra usuli ostida ijro qilingan.

Doyrachining mohirona ijrosi barchani lol qoldirgan, tinimsiz qarsak chalingan. Garchi, bu raqqosalar tanlovi bo‘lsa-da, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta I ning taklifiga binoan, Usta Olim Komilov ham oltin medal sovrindoriga aylangan. Mohir ijrochining o‘ng qo‘lida doyra chalayotgan namunasi London muzeylaridan biriga o‘rnatilgan.

“Bu qo‘l oddiygina musiqa asbobi orqali hayratlanarli ohang simfoniyasini yangratadi, teriga tortilgan uzuklar o‘yinga jo‘r bo‘lib turadi”, deya izoh qoldirilgan.

Istalgan o‘zbek musiqa asboblari ansamblida doyra va nog‘ora kabi usul beruvchi asboblar juda muhim o‘rin tutadi, zero, usul barcha o‘zbek musiqa turlarining asosidir. Doyra-ustasi bo‘lish uchun ma’lum bir belgilangan mutaxassislikni tanlash kerak edi. Olim Komilovni raqs o‘ziga jalb qilgan. U raqqosaning har bir harakati ma’lum bir tuyg‘uni ifoda etishini chuqur tushungan. Olim ham barmoqlarini “azoblanish va kulish”ga o‘rgatadi. Oradan bir necha o‘n yil o‘tib, dunyoning yirik musiqachilari uning “ohanglarning butun bir simfoniyasini” childirma kabi ko‘zga tashlanmaydigan asbob orqali chiqarishiga hayratlanishgan.

Raqqosalarga jo‘r bo‘luvchi doyrachilar o‘z kasb mahorat sirlarini, o‘nlab usullarni, usulning o‘ziga yarasha harakati bo‘lganligi bois, usul harakatlari ham avloddan avlodga uzatib borishadi. Odatda, raqqoslarning ustozi va “baletmeysterlari” ko‘pincha doyrachilar bo‘lishgan.

Usta Olim Komilov 1953 yil Toshkentda vafot etgan. U “Chig‘atoy” memorial qabristoniga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Komilov Usto Olim haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты