Is'hoqov Jasur Ilhomovich

1947 yil Toshkentda Ziyolilar oilasida tug‘ilgan.

1971 yil A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini rejissyorlik fakultetini, 1975 yil SSSR Davlat kino Oliy kurslarining senariy bo‘limini tamomlagan.

Toshkentga qaytgach, u shu zahotiyoq, faol kino jarayoniga sho‘ng‘ib ketadi. Hujjatli va multiplikatsion filmlar yaratish ustida ish olib borib, hujjatchi sifatida o‘ttizdan ziyod va animator sifatida o‘n bitta film suratga oladi. Uning avvaliga senariychi, keyinroq badiiy tasmalar sahnalashtiruvchisi sifatida yuzaga kelishida O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan kinorejissyori Elyor Ishmuhamedov hamda senariychi Odil Agishevlar bilan ijodiy yaqinlashuvi muhim o‘rin tutdi. Ular bilan hamkorlikda u “Alvido, ko‘klam yoz”, “Shok”, “Sevgi va og‘riq bilan” kabi barchaga ma’lum filmlar yaratilishida ishtirok etgan. Bundan tashqari,  D.Is'hoqov senariysi asosida “Ma’lum kalitlar”, “Shiddatli daryo yoqasida” kabi badiiy filmlar suratga olingan. O‘zining senariysi asosida mustaqil rejissyor sifatida u, shuningdek, “Ketma!..”, “Tulporning la’natlangan oltini”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Chatrangi mamlakati sarguzashtlari”, “Haqiqat kuni” kabilarni suratga olgan.

Ammo uning astoydil ijodiy shaxsiyati faqat bu yo‘nalishlar bilan cheklanib qolishiga yo‘l qo‘ymadi – u “Nashtar” va “Zumrasha” hajviy kinojurnallariga syujetlar yozgan, uning ijodiy xazinasida Toshkentning teatr sahnalarida qo‘yilgan bir nechta teatr sahna asarlari mavjud: “Buzish uchun sotilmoqda”, “Mardikor”, “Anji uchun kulchalar”, “Bo‘taloq”, “Kichik piyodalar uchun alifbo”.

Jasur hikoya va esselar yozib, ularning soni yigirmaga yetadi. “Sharq yulduzi”, “Humo”, “Na dosuge”, “Darakchi” kabi vatanimiz nashriyotlarida chop etilish barobarida, horij jurnallarida ham chiqib turadi.

Nasrnafis sifatida shakllangan desak ham bo‘ladi - uning “Robert Teylor bilan sakkizinchi raund” hikoyasi “Adabiy bahor” xalqaro tanlovida 1-o‘ringa loyiq topilgan. 2011 yil u Avstraliya hamda Yangi Zelandiyadagi rus tilida so‘zlashuvchi mualliflari Uyushmasining maxsus diplomi bilan taqdirlangan.

2016 yil J. Is'hoqovning “Dirijоr” va “Kabutar” hikoyalari Sankt Peterburgning “AST nashriyoti” to‘plamiga kiritilgan. Uning “Mototsiklchi va jala”, “Lev Tolstoynikidagi stol”, “Kalamushlar”, “Telman bog‘i” to‘plamidan”: “Grekcha go‘sht”, “Pushkin”, “Yangi yil taksisi”, “Qutqarilgan bolalar og‘zidan aytilgan hikoya” novellasi ham ma’lum darajada tanilgan.

Doimiy qiziquvchanlik, yangi mavzu va qahamonlar ustidagi izlanishlar, faol ijtimoiy faoliyat J. Is'hoqovning respublikamizning kinematografik va umumbadiiy muhitidagi o‘sib borayotgan muhim o‘rni va mashhurligiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati va uchta faхriy yorliq sohibi bo‘lganligi bejiz emas. So‘nggi yillarda esa mamlakatimizdan tashqarida yanada mashhur bo‘lgan. Uning “Urush farzandlari” hujjatli surati Buyuk Vatan urushi yillari O‘zbekistonga ko‘chirib o‘tilgan bolalar taqdiriga bag‘ishlangan. Shuningdek, “Do‘stlik va iliqlik pоytaxti” filmi 1966 yil Toshkentdagi yer silkinishi natijasida barcha sovet respublikalarining ishtiroki haqida.

Jasur va Mastura Is'hoqovlar juftligi mana, uch yildirki, 104.4 to‘lqinlaridagi “KLASSIK-FM” radiosida “Kino haqida gapilashamiz” dasturini olib borishadi.

2018 yil “Eski Toshkent haqidagi tushlar” nomli hikoyalar to‘plami chop etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Is'hoqov Jasur Ilhomovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
KINO SANʼATI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты