Mutal Burhonov — ko‘pqirrali iqtidor sohibi. O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi sharafli professori unvoniga loyiq topilgan.
Mutavakkil (Mutal) Muzayyinovich Burhonov 1916 yil 5 may kuni Buxoroda, mudarris, ya’ni madrasa muallimi oilasida dunyoga kelgan. Uning tarbiyasida aslzodalardan bo‘lmish onasi va tog‘asining o‘rni katta bo‘lgan. Deyarli, buxorolik ziyolilar davrasida katta bo‘lib, kuni forsiy va turkiy tillaridagi mumtoz she’riyat va musiqa mutolaasi bilan, shuningdek, mazmunli bahslar ichida o‘tishi, uning qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatdi. Sakkiz yoshida u tanbur musiqa sozida chalishni o‘rgangan. Avvaliga uyida, so‘ngra, Fitrat nomidagi birinchi Buxoro musiqiy bilim yurtida tahsil olgan.
O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi Rustam Abdullayevning so‘zlargia ko‘ra, Mutal Burhonov iqtidorining rivojlanishida o‘z davrining eng yaxshi insonlari bilan suhbat ta’sir ko‘rsatdi. Bolalik yillari Fitrat bilan yaqindan tanish bo‘lgan va uning uyiga tez-tez borib turar, u yerda Cho‘lpon, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjonlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Toshkentning taniqli ijrochilari va musiqashunoslari bilan ko‘rishib turardi.
Tanbur sozini chalishni Mutal Burhonov, avvaliga, tog‘asi Mukammil Burhonovdan, keyinroq, taniqli tanburchi Ota G‘iyos Abdug‘anidan o‘rganadi. Samarqandda faoliyat yurituvchi O‘zbekiston musiqa va xoreografiya institutining Ota Jalol Nosirov, Abduqodir Ismoilov va Abdurahmon Umarov kabi muallimlari Mutalning noyob iste’dodini payqab, u bilan jiddiy shug‘ullana boshlashadi.
1928 yildan M.Burhonov musiqa bilan shug‘ullanishni yangitdan tashkil etilgan Samarqanddagi O‘zbekiston musiqa va xoreografiya bilim yurtida davom ettiradi. Ushbu bilim yurt (hozirda bu - O‘zbekiston Badiiy akademiyasining san’atshunoslik ilmiy-tadqiqoti instituti bo‘lib, 1931 yil yangi poytaxtga — Toshkentga ko‘chirilgan) o‘zida ta’lim muassasa ishlar bilan birga, ilmiy-tadqiqiy vazifalarni ham mujassam etgan.
M.Burhonovning jiddiy bastakorlik mashg‘ulotlari (1935-1939) professor S.Vasilenko rahbarligi ostida, Moskva konservatoriyasining o‘zbek studiyasida amalga oshdi.
Ikkinchi Jahon urushi yillari u fashistlarga qarshi jangda askarlar qatoridan joy oldi. Jiddiy yarador bo‘lgach, Toshkentga qaytadi va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Mashg‘ulotlar boshqa darajada 1947 yil yangilandi, bu vaqt M.Burhonov O‘zbekiston Davlat madhiyasi, bir qator mashhur qo‘shiq va romanslar, teatr sahna asarlari uchun musiqalar muallifi edi. Moskva konservatoriyasining bastakorlik mutaxassisligi diplomini 1949 yil olgan.
1955-1960 yillar M. Burhonov respublika bastakorlar uyushmasiga rahbarlik qilgan. 1964 yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoniga ega bo‘lgan. Uning o‘zbek musiqa madaniyatiga qo‘shgan ijodiy va tashkiliy xissasi mustaqil respublikaning oliy hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan. U “Buyuk xizmatlari uchun” (1998) va “El-yurt hurmati” (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. Hayotda ham, ijodda ham, Mutavakkil Burhonov o‘z Diyorinining vatanparvari, o‘ziga va boshqalarga nisbatan o‘ta talabchan shaxs bo‘lgan. U ijodkor yoshlar uchun doim namuna bo‘la olgan.
Umrining so‘nggi yillarini M. Burhonov o‘z ona yurtida - Buxoroda o‘tkazib, bizlarga tarjimai holini tashlab ketadi. Qadrdonlari va yaqinlarini yo‘qotgan inson o‘rnida, og‘ir qatag‘on yillari-yu, o‘zbek ziyolilarini tashqil etgan odamlar va nohaq xalq dushmani deb ayblanib halok bo‘lganlar haqida undan boshqa yana kim so‘zlab bera oladi? U halok bo‘lganlarning xotirasi oldidagi o‘zining burchi haqida ko‘p gapirardi. Va u, o‘limidan bir muncha vaqt oldin musiqa, uning rivojlanish masalalarini tark etmay, bu burchni bajardi ham...
M.Burhornov asarlari o‘ziga xos yorqin milliyligi, sayqallangan shakli va an’anaviy o‘zbek, tojik, qoraqalpoq yoki boshqa o‘ziga xos musiqiy ohangdorlikning yangi ovrupacha (mumtoz bastakorlik) musiqa ifoda usullari bilan “tutashuvi” tinglovchini o‘ziga rom etadi, shuningdek, organik hamda turli mintaqalarning monodiyaviy musiqasining “quyilish” imkoniyatini, deyarli isbotlaydi.
Nufuzli bastakorning ko‘p qirrali ijod namunasi uning yirik asar shakllarida o‘z aksini topgani kabi, lirik qo‘shiqlarida (“Ipaklari tillodan”, “Go‘zal Farg‘ona”, “Xormang qizlar” va boshqalar), ajoyib ta’sirchan romanslarida (“Namedonam chi nom dorad”, “Kelsa nogoh” va boshqalar), tantanavor ko‘tarinki xarakterdagi O‘zbekiston Davlat madhiyasida (Abdulla Oripov she’ri) ham namoyon bo‘lgan. Bundan tashqari, muallifning shaxsiy xotiralari bilan to‘yingan, umrining so‘nggi yillarida Abdurauf Fitrat she’riga yozilgan chuqur ta’sirchan “Tashladi, ketdi” romansi bo‘lgan. Birgina shu asar tufayli M. Burhonov o‘ta mashaqqatli ijodiy izlanishlar-u, chuqur qalb kechinmalarini boshdan kechirdiki, hatto men ham, ushbu jarayonning bevosita guvohi bo‘la turib, buni so‘z orqali yetkazib bera olmayman. O‘ylaymanki, uning boshqa mashhur asarlarining yaralish jarayoni ham shu kabi tus olgan.
Bugungi kunda uning “Muftun bo‘ldim”, “Ibn Sino” kabi kinofilmlarga yozgan qo‘shiqlari ommada keng shuhrat qozongan. Zamonaviy o‘zbek musiqasida M. Burhonovning Mashrab she’riga yozilgan “Shoir orzusi” balladasi, Fitrat, Cho‘lpon, Nosirlarning she’riga yozilgan “Abadiy xotira” rekviyemi kabi vokal-cholg‘u asarlari ham munosib o‘rin egallagan. Eng kichik tinglovchilar uchun eng katta sovg‘a - bu M. Burhonovning “Oygul va Baxtiyor” (Hamid Olimjon sahna asari asosida, libretto Zulfiyaga tegishli) qo‘g‘irchoq teatri uchun yozilgan musiqasi bo‘ldi.
Butun ijodiy yo‘li davomida bastakor ko‘p marotaba buyuk o‘zbek shoiri Alisher Naoviy timsoliga yuzlangan. Uning “Alisher Navoiy” drama spektakli uchun yozgan musiqasi (1949, Uyg‘un va I.Sultonov sahna asari) bugun ham tomoshabinlar qalbini quvontiradi. Bastakor shoir timsoliga “Alisher Navoiyga qasida”da (A. Oripov she’ri) takroran yuzlanadi, 80-yillarda esa, Izzat Sultonov librettosi asosida va uning bevosita ishtirokida “Alisher Naoviy” operasi ustida ish boshlaydi. 1990 yil opera sahnada qo‘yiladi, g‘oya A.Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta opera va balet teatrida mujassam bo‘lgan. Muallifning opera janriga nisbatan marhamati, o‘ziga nisbatan esa tanqidiy munosabati, asarning tarkibiy sahnalaridagi musiqa va librettolarning bir necha bor o‘zgartirishiga sabab bo‘ldi. Uzoq ijodiy izlanishlar natijasi - ajoyib musiqa yaralishi bo‘ldi.
Umummusiqiy muvaffaqiyat bilan birga,o‘zbek tiliga xos xususiyatlarga ega rechitattivning omadli yaralishi bo‘ldi. O‘zbek tili uchun mujmal bo‘lmish ovrupa rechitativliganing umumiy qoliplardan qochib, muallif ko‘proq nutqning tabiiy talaffuziga ahamiyat bergan. Asarlarining asosi sanalmish ariyalarida M.Burhonov an’anaviy o‘zbek ashula janrining asoslari, ya’ni ohang-tuzumga tayangan va shu orqali u ariyalarda bo‘lgani kabi, turli sahna vokal ansambl operalarida ham milliy qatlamlilikka erishish masalasini yecha olgan. Shu bilan birga, u xor va simkonik orkestr imkoniyatlarini ham nazarda tutgan. Ammo operaning sahnalashtirilishida librettolardagi muayyan toza dramaturgik kamchiliklar ham aks etgan. Biroq, uning sahnalashtirilishidagi muvaffaqiyatsizlik birinchi navbatda, muallifning talablariga binoan, ya’ni kuylash tarzi sababli, teatral ijrodan yiroqlashish bo‘lgan. Yakkaxon ariyalar, duetlar ijrosi, ansambllarning xilma-xilligi, shuningdek, tegishli an’anaviylikni saqlash – talab etilgan xorlar barcha solistlar va teatrning vokal ansambl guruhlari uchun to‘sqinlik qilgan.
Aslida, ikki-uch solist-qo‘shiqchilarni inobatga olmaganda, butun teatrda opera хonandalari, ansambchilar va xorchilar mazkur asarni kerakli an’anaviy-milliy o‘zbekcha kuylash ususlida ijro etish uchun ojiz edilar. Aynan o‘zbek opera xonandalarining nomukammal yo‘naltirilgan tayyorgarligi va mahalliy milliy truppalarning shakllanishi sabab, jiddiy kamchiliklar yuzaga kelgan. Teatrda tegishli ijro tarkibining yo‘qligi esa, “Alisher Navoiy“ operasi tez orada sahnadan chetlashtirilishigа eng katta sabab bo‘ldi. Umid qilamizki, mazkur birlashuv xali munosib ijrochi-qo‘shiqchilarini topib, M. Burhonovning sahna asarini yangi ko‘rinishda tinglovchilar qalbigacha yetkazadi.
Alohida iftixor xissi ila aytish mumkinki, Mutavakkil Burhonov asarlari qaysi janrda yozilgan bo‘lmasin, o‘zining badiiy qadriyati, yorqin ifodalangan milliyligi va yuqori ma’naviyati bilan, shubhasiz, nafaqat o‘zbek, balki, tojik yoki mintaqaviy markaziy osiyo va jahon musiqa san’atining oltin fondini tashkil etadi.
Mutal Burhonov o‘zbek bastakorlik maktabining asoschilaridan biri hisoblanib, oltmish yildan ortiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullangan, turli janrlarda bir qator yuqori badiiy mahoratda ega asarlar yaratgan.
Uning “Alisher Navoiy” operasi, “Abadiy xotira”, “Navoiy qasidasi” rekviyemlari, “Muhabbat uchun”, “Shoir orzusi”, “Sen baribir jilmaymading” romanslari, “Ona yer”, “Oltin iplar”, “Bahor” qo‘shiqlari, “Maftuningman”, “Ibn Sino” badiiy filmlariga musiqasi kabi yirik asarlari madaniyatimiz xazinasi va odamlar yuragidan munosib joy olgan.
Mutal Burhonov O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi musiqasining muallifi sanaladi. Mutal Burhonovning zamonaviy o‘zbek musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan xissasi davlatimiz tomonidan yuqori baholangan. U “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvonlari, davlat mukofoti, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Serg‘ayrat bastakor Mutal Burhonov butun umrini san’atga bag‘ishlab, taqdir sinovlarini fidokorona yengib, yosh iqtidor sohiblariga nisbatan talabchan va mehribon ustoz bo‘lgan. Yoshlarni tarbiyalash ishlariga qo‘shgan xissasi tufayli O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining sharafli professori unvoniga loyiq topilgan.
Mutal Burhonov 2002 yil vafot etgan
Buyuk san’at arbobi va ajoyib inson Mutal Burhonov xotirasi qalbimizda abadiy saqlanib qolgay.