Irdana-biy

Irdana-biy (1720-1764), taxt boshqaruv yillari 1750-1764, Qo‘qon xonligidagi o‘zbeklarning ming sulosasining to‘rtinchi hukmdori.

Abdukarim-biyning o‘limidan so‘ng 1750-1751 yillar Qo‘qon xonligida hukmronlik uning jiyani Irdan-biyga o‘tadi. Hukmronligining ilk yillari minglar sulolasi o‘rtasida hokimiyat uchun kurash zo‘riqib ketadi. 1752 yil saltanatni uning akasi Bobobek egallaydi, u taxtni o‘n oygina boshqargan.

1753 yil Irdan-biy yana Qo‘qon xonligi taxtiga o‘tiradi.

Irdan-biy Qo‘qon xonligining kengayishi ustida juda faol siyosiy ishlar olib boradi. Buxoro xoni Muhammad Rahimbiy bilan birlashib, (1756-1758) u o‘zbeklarning yuz sulolasiga yurish qiladi. Muhammad Rahimbiy uning tutingan otasi bo‘ladi.

1758 yil Irdan-biy mamlakatga Ura-tyubeni qo‘shib oladi.

1762 yil mamlakatni Sin saltanati bosib olishi havfi tug‘iladi. Irdan-biy sin saltanatiga qarshi ittifoq tuzishga musharraf bo‘lib, uning tarkibidan afg‘on davlati asoschisi Ahmad-Shoh-Durra (1747-1768) ham o‘rin olgan edi. Bu ittifoq sin saltanati Qo‘qon xonligini ozodlikdan mahrum qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Irdana-biy o‘zidan voris qoldirmagan. Uning besh nafar qizi bo‘lgan.

Irdana-biyning o‘limidan so‘ng 1764 yil davlat hukmronligi Sulaymon-bekka o‘tib, u davlatga bir necha oygina hukmronlik qiladi. Shundan so‘ng boshqaruv Abdukarim-biyning nabirasi Norbo‘ta-biyga o‘tadi.


Lotin alifbosida maqola: Irdana-biy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты