Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich

2013 yil 8 fevraldan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri. 2013 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi. Pedagogika fanlari nomzodi va professor.

1962 yil 8 fevral kuni Toshkentda tug‘ilgan. 1985 yil Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 1998 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

1985-1989 yillar Toshkent politexnika institutida yordamchi.

1989-1993 yillar Toshkent politexnika instituti aspiranti.

1993-1999 yillar Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisod” fakulteti dekan o‘rinbosari, keyinroq shu fakultet dekani, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisod va boshqaruv” kafedrasi dotsenti.

1999-2003 yillar Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi professori.

2003-2006 yillar Fan, Ta’lim va Madaniyat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi bosh maslahatchisi.

2006-2011 yillar Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji direktori.

2011-2013 yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2013 yil 8 fevraldan Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan.


Lotin alifbosida maqola: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты