Ma’ruf Jalil

Ma’ruf Jalil shoir, yozuvchi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofotiga, Orol muammolari haqidagi publitsistik maqolalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ma’ruf Jalil 1936 yil 10 oktabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba qo‘rg‘onida tug‘ilgan. Zarafshon daryosi ikki qirg‘oqqa bo‘lingan. Shimoliy qirg‘og‘i Oqdaryo, Janubiysi esa Qora daryo deb nomlangan. Ushbu daryolar oralig‘ida ushbu Payshanba qo‘rg‘oni joylashgan. Bu joylarning tabiati juda go‘zal va unumlidir. Ma’rufning otasi Ergash Jalilov savodli, sodda inson bo‘lib, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rgan, o‘zbek ertaklari va mumtoz adabiyot shinavandasi bo‘lgan.

Ma’ruf 8 sinfda o‘qigan kezlari uning “Orzu” nomli ilk she’ri chop etiladi.

Tahsil olgach, u Toshkentga keladi va Yozuvchilar uyushmasi tahririyatiga o‘quvchi bo‘lib ishga kiradi. Uning she’r va maqolalari tez-tez nashrdan chiqadi. Shundan so‘ng, Ma’ruf Jalil nashriyot va tahririyatlarda ishlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritadi.

Birin-ketin she’riy to‘plamlari chop etiladi: “Men sizni sevardim”, “Rahmat, odamlar” (1970), “Seni o‘ylab” (1973), “Notanish yo‘llar” (1975), “Qo‘shiq ishtiyoqi” (1979), “Men suv ichgan daryolar” (1981), “Parizodim” (1984), “Daryoni izlar shamol” (1987), “Baxtimga sen borsan” (1989) va publitsistik maqolalari “Bunyodkor qalb” (1984), “Orol madad so‘raydi” (1987).

Uning she’rlari jimjimasiz va balandparvozsiz. Ular oddiy, samimiy va tabiiy, sokin daryolardek chuqur, purma’noliligi bilan qadrlidir.

Ma’ruf Jalil 2004 yil vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: Ma’ruf Jalil haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты