Galina Pavlovna Matviyevskaya — matematika tarixchisi, sharqshunos, o‘lkashunos, adabiyotshunos. Fizika-matematika fanlari doktori (1969). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). O‘zbekiston fanlar Akademiyasi muxbir-a’zosi (1984). Fan tarixi Xalqaro akademiyasi a’zosi (1993). Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. “Orenburg lirasi” mukofoti va “Kapitan qizi” Rossiya mukofoti laureati.
1930 yilning 13 iyulida Dnepropetrovskda tug‘ilgan.
1954 yil Leningrad Davlat universitetini bitirgan.
1954-59 yillar Leningradning SSSR FA tarix tabiatshunosligi va texnika instituti bo‘limida ishlagan.
1959 yildan O‘zbekiston FA matematika instituti xodimi.
1994 yildan Orenburg pedagogika universiteti professori.
Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari — o‘rta asrlar Sharq mamlakatlarida matematika tarixi va matematik astronomiya, sonlar nazariyasi tarixi, L.Eyler qo‘l yozmalari, Orenburg o‘lkasining tarix madaniyati.
250 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 20 ta risola. Uch nafar doktor va o‘nlab fizika-matematika fan nomzodlarini tayyorlagan.
... Jazirama va chidab bo‘lmas issiq vagonni qoplab olgan, oyoq ostidagi va bosh tepasidagi yuk tugunlari, nimadur xarid qilishni taklif qilib, bir vagondan boshqasiga o‘tuvchi horg‘in odamlar, umuman olganda, katta eskibozorga aylangan... U ikkiga bo‘linib, u yerda ham, bu yerda ham ishlab yashashga, Orenburgda yashovchi kasal onasining oldidan iztirob ila Toshketdagi turmush o‘rtog‘ining oldida kelishga majbur edi.
Galina Pavlovna Matviyevskaya barcha vaziyatdan ijobiy xislat topa olar yoki o‘zining ustidan hazil qilishni boshlar edi. Qizi bilan birgalikda hayotiy musibatlardan chekinib, unga hazil orqali qarashni qoyillatishardi. Nina Kirillovna Zubova —ro‘zg‘orda ham, ilmiy izlanishlarida ham onasining birinchi yordamchisi.
Orenburgga ular otasi Pavel Yevmenovich bilan kelishlari kerak edi, u esa aspiranturada o‘qishini tamomlab, Chkalov pedagogika institutiga yuboriladi. Urush boshlanganligi sababli, ona-bola qochoq kabi ketishga majbur bo‘lishgan. Otasi aspiranturani bitirguniga qadar, ular istiqomat qilayotgan Xarkovni barbod qilishgan. Orenburgda Galina ikkinchi temir yo‘l maktabida to‘rtinchidan o‘ninchi sinflargacha o‘qigan. Aynan shu maktab o‘qituvchisi Pelageya Yefremovna Lisova iqtidorli o‘quvchining sinchkov aqli va yuragida matematikaga bo‘lgan qiziqish uyg‘otgan, sonlar va formulalar sehriga oshiq bo‘lishda yordam bergan. 1948 yil maktabni bitirgach, Galina Matviyenko hech o‘ylamay, Leningrad davlat universitetining matematika-mexanika fakultetiga o‘qishga kiradi. Urushdan keyingi, hamma yer ijod nafasiga burkangan va yangilanishga intilgan Leningraddagi talabalik yillari qahramonimiz hayotining yangi bosqichi bo‘lib, uning fe’l-atvori va hayotiy intilishlarini shakllantiradi. Galina Pavlovna zavq ila fanga kirishadi. XVIII asrning atoqli olimi Leonard Jyler tavalludining 250 yilligi munosabati bilan buyuk matematikning nashr etilmagan qo‘l yozmalarini tadqiq etish qarori qabul qilinadi. Ishga V.I. Smirnov rahbarlik qiladi. Tadqiqotlarda ishtirok etish uchun u universitetning mehnatkash va iqtidorli bitiruvchisi Galina Matviyenkoni taklif qiladi. Eyler barcha ishlarni lotin tilida yozgan. Galinaning onasi nemis tili o‘qituvchisi bo’lib, qizida tillarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otgan edi. Galina nеmis tilidan yaxshi tarjimalar qilgan. Lotin tilini ham egallaydi. Tez orada, uning ilk ilmiy nashrlari paydo bo‘ladi. U nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Yosh olimani porloq kelajak kutardi.
- Hayotimda noodatiy holat yuz berdi, - jilmayadi Galina Pavlovna, - men o‘zbekka turmushga chiqdim. Biz birgalikda Toshkentga, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining matematika institutiga ketdik. U vaqtlar musofirchilik fikri hech kimning hayoliga kelmagan... Mening “O‘rta asrlar yaqin va o‘rta Sharqida sonlar ta’limoti” birinchi kitobim 1967 yil o‘sha yerda chop etilgan. Sharqning buyuk matematiklari va astronomlarining dunyosiga ko‘milishdan avval, Galina Matviyevskaya arab xatini o‘rganishiga to‘g‘ri keldi. Dunyo bo’ylab o‘rta asrlar arab matematikasi olimlarining soni o‘ntaga yetadi. Ular orasida Matviyevskaya ham bor. “X-XVIII asrlarda O‘rta Osiyo olimlarining matematik, astronomik va astrologik qo‘lyozmalari”; “Abu Rayhon Beruniy”; “Al-Xorazmiy” - Galina Matviyevskaya O‘zbekistonda ko‘plab tadqiqiy kitoblar yozgan. 38 yoshida u matematika fanlari doktori bo‘lgan. U Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbek SSSR davlat mukofoti sovrindori. Unga “O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni topshirilgan. Endi u akademik, Fanlar akademiyasining muxbir-a’zosi...
1984 yil u Xalqaro fanlar akademiyasi akademiki bo‘ladi. 1992 yil Kembrij universiteti unga “Yil ayoli” faxriy unvonini beradi. 1992 yil esa “Yil odami” bo‘ladi.
Matviyevskaya Parij, Buxarest, Damashq kabi bir qator joylardagi xalqaro anjuman va simpoziumlarda ishtirok etadi. Zаvq ilа Rene Dekart, Albert Dyurer kabi tadqiqotchi va mutafakkirlarning hayoti va ijodini o‘rganib, tadqiq qiladi. Butun dunyo bo‘ylab Dyurer rassom o‘rnida taniqli, aslida, u atoqli matematik, geometriya bo‘yicha darslik tuzgan o‘qituvchi hamdir. Buyuk tadqiqotchi ijodining o‘rganilmagan sahifalarini to‘satdan kashf etish uchun qanchadan-qancha ma’lumotlarni o‘qish, ko‘plab adabiyotlarni varaqlash lozim. Aytmoqchi, Galina Pavlovna deyarli, barcha ovrupa tillaridagi adabiyotni erkin o‘qiy oladi, slavyan tillari haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, u allaqanday ilmiy jasorat ko‘rsatayotgani xayoliga ham kelmaydi. Shunchaki, u ishlaydi. Ota-onasi o‘rgatgani kabi, bor kuchi bilan, mas’uliyat ila. Xuddi talabalik yillari o‘zi ishlashni boshlagani kabi. Perovskiy haqidagi navbatdagi kitobi nashrdan chiqishi arafasida, sana bilan bog‘liq ayrim ma’lumotlarni tekshirish kerak bo‘lganda, u qo‘ng‘iroqlarni cheklamay, hatto, Moskvaga ham o‘zi borib kelib, arxivda hammasini taqqoslab chiqqan. Garchi, uning yoshi 75 da edi! Tashqi ko‘rinishiga qarab, hech kim unga shuncha yosh bermasa-da.
Galina Pavlovna barcha olimlarning ismini aytadi, uning barcha kursdoshlari o‘z kasbining egasi bo‘lgan, ulardan ko‘plari hanuz ilmiy faoliyatini davom ettiradi.
... Turmush o‘rtog‘i Karim Rahimov taniqli olim, 90-yillar oxirida vafot etgan. Galina Pavlovna O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir-a’zosi bo‘lib qolishiga qaramay, uning kutilmagan sayohatlari yakun topdi. Asta-sekinlik bilan osiyo yo‘nalishidagi poyezdlarning xidi xotirasidan uchib, chiqib keta boshladi. Tez orada, onasi vafot etdi. Matviyevskaya butunlay Orenburgga, Orenburg davlat universitetining matematika o‘qituvchisi bo‘lmish qizining uyiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Uyida otasining qo‘l yozmalarini ko‘rib o‘tirib, Galina Pavlovna uning A.V. Yefremov bilan hamkorlikdagi Richkov haqidagi yakunlanmagan kitobga ko‘zi tushadi. Matviyevskaya otasining ishini nihoyasiga yetkazib, uni nashr qildirishga qaror qiladi. Atoqli matematik Orenburg o‘lkasining qiziqarli tarix olamiga boshi bilan sho‘ng‘idi. Uning so‘zlariga ko‘ra, P.I. Richkov unga yaqin qarindoshidek bo‘lib qoldi, Orenburg o‘lkashunosligi esa - uning shaxsiy ishiga aylandi. P.E. Matviyevskiy hamda A.V. Yefremovlarning “Petr Ivanovich Richkov” kitobining har bir sahifasini shaxsiy qo‘l yozmada ko‘chirib, Moskvada chop ettirdi.
Asarlari
• O‘rta asr Sharqida sonlar ta’limoti/ G. P. Matviyevskaya. — Toshkent: Fan, 1967. — 344 b. — 2 000 adad.
• Rene Dekart / G. P. Matviyevskaya. — M.: Fan, 1976. — 272 b. — (Ilmiy-biografiy to‘plam). — 31 500 adad.
• Abu Rayhon Beruniy va uning matematik mehnatlari: O‘quv-qo‘llanma / S. X. Sirojiddinov, G. P. Matviyevskaya. — M.: Ma’rifat, 1978. — 96 s. — (Fan odamlari). — 95 000 adad.
• Ramus. 1515—1572 / G. P. Matviyevskaya. — M.: Fan, 1981. — 152 s. — (Ilmiy- biografik to‘plam). — 21 700 adad.
• Al Xorazmiy — o‘rta asrning taniqli matematik va astronomi: O‘quv-qo‘llanma / S. X. Sirojiddinov, G. P. Matviyevskaya. — M.: Ma’rifat, 1983. — 80 s. — (Fan odamlari). — 180 000 adad.
• Albrext Dyurer — olim. 1471—1528 / G. P. Matviyevskaya; mas’ul muharrir, fizika matematika fnalari nomzodi Yu. A. Beliy; Taqrizchilar: akad. UzSSR FA V. P. Sheglov, fizika matematika fanlari doktori B. A. Rozenfeld; SSSR FA. — M.: fan, 1987. — 240, [8] b. — (Ilmiy-biografiy adabiyot). — 34 000 adad.
• Trigonometriya tarixi ocherklari. Toshkent: Fan, 1990.
• Ulug‘bek. 1394—1449 / G. P. Matviyevskaya, Z. K. Sokolovskaya. — M.: Fan, 1997. — 152 b. — ISBN 5-02-003674-9.
• Vsevolod Ivanovich Romanovskiy. 1879—1954 / A. N. Bogolyubov, G. P. Matviyevskaya. — M.: Fan, 1997. — ISBN 5-02-003644-7.
• Abd ar Rahmon as So‘fiy. M.: Fan, 1999.
• Vladimir Ivanovich Dal / G. P. Matviyevskaya, I. K. Zubova; Mas’ul muharrir. E. N. Mirzoyan. — M.: Fan, 2002. — 224 s. — (Ilmiy-biografiy adabiyot). — 530 adad. — ISBN 5-02-022726-9.
• Yakov Vladimirovich Xanikov. 1818—1862 / G. P. Matviyevskaya; Mas’ul muharrir. Texnika fanlari doktori A. V. Postnikov; Taqrizchilar: geografiya fanlari doktori V. V. Glushkov, akademik V. S. Myasnikov; Rossiya fanlar akademiyasi. — M.: Fan, 2006. — 200 b. — (Ilmiy-biografiy adabiyot). — ISBN 5-02-033232-1.