Masson Mixail Yevgenevich

Masson Mixail Yevgenevich — arxeologiya doktori (1936), professor (1945), O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944), Turkman SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1950). Turkman SSR FA akademiki (1951), 1940-68 yillar O‘ODU (ToshDU) arxeologiya kafedrasi mudiri. Uning rahbarligi ostida parfiyaning Niso va Marv qadimiy shaharlari qazilmalari o‘tkazilgan. U tomonidan O‘rta Osiyo arxeologiya maktabi yaratilgan, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlab, ular keyinchalik O‘rta Osiyoning yetakchi arxeologlariga aylangan.

1897 yilning 21 noyabr kuni Peterburgda, uzoq yillar davomida Samarqandda ishlagan yer o‘lchovchi-topograf oilasida tug‘ilgan. Mixail Yevgenevich Masson, deyarli, tug‘ilganidan buyon onasi bilan Samarqandda yashagan. 1916 yil Samarqand o‘g‘il bolalar gimnaziyasini bitirgan.

1916 yil Petrograd Politexnika institutida muhandis-irrigator mutaxassisligiga o‘qishni boshlagan. Harbiy xizmatga chaqiruvdan so‘ng, u Janubiy-G‘arbiy frontda xizmat qilib, 1917 yil ishchilar va askarlar deputat kengashi a’zoligiga saylanadi. 1918 yil M.E. Masson Samarqandga qaytadi.

Samarqandda M.E. Masson Samarqand viloyat muzeyiga mudirlik qiladi va uning faoliyati bois, muzey to‘plami turli eksponatlar bilan boyitiladi. 1924 yil Turkiston (keyinchalik O‘zbekiston) Qo‘mitasining muzey va qadimiy yodgorliklar va san’at asarlarini qo‘riqlash ishlari bo‘yicha O‘rta Osiyo Markaziy muzeyining arxeologiya bo‘limi boshlig‘i sifatida Toshkentga o‘tkaziladi. Bu davr mobaynida u Turkiston Sharqshunoslik institutida o‘qish barobarida, qadimiy yodgorliklarni ta’mirlashda O‘rta Osiyo bo‘ylab arxeologik tadqiqotlar uyushtirgan va O‘rta Osiyo respublikalari bo‘ylab muzey ishlari bo‘yicha yo‘l boshlovchilik qilgan.

1929 yildan 1936 yilga qadar Masson O‘zbekistonning Geologiya Qo‘mitasi qoshidagi tog‘ ishi tarixi bilan shug‘ullanadi, u yerda Masson foydalanishi uchun kutubxona taqdim etilgan. Bu ishlarini u O‘zbekiston Qo‘mitasining muzey va qadimiy yodgorliklar va san’at asarlarini qo‘riqlash arxeologiya bo‘limiga mudirlik qilish bilan birga olib borgan.

1936 yildan Mixail Yevgenevich Masson Toshketdagi O‘rta Osiyo davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri. 1940 yildan universitet professori.

M.E. Masson tomonidan kushon hamda O‘rta Osiyo Termizi (1936-1938) qazilmalari olib borilgan. 1946 yildan Janubiy-Turkmaniston arxeologik majmua ekspeditsiyasi rahbari, Turkmaniston SSR ishlari yetakchisi. Uning rahbarligi ostida parfiya Niso va Marv qadimiy shaharlarida tog‘ qazilma ishlari olib borilgan.

M.E. Masson tadqiqotlari bois, O‘rta Osiyo hududida quldorchilik tartibi hukm surganligi isbotlangan. Bunga Samarqand, Buxoro, Toshkent va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlaridagi rivojlanish, pul xo‘jaligi tarixi va tog‘ ishi, arxitektura, epigrafika, O‘rta Osiyoning jo‘g‘rofiy tarixi asosli dalil bo‘la oladi.

U tomonidan O‘rta Osiyoning arxeologiya maktabi yaratilgan, shuningdek, mutaxassislar tayyorlanib, keyinchalik ular O‘rta Osiyoning yetakchi arxeologlari bo’lib yetishgan.

Mixail Yevgenevich Masson 1986 yil Toshkentda vafot etgan. Do‘mbirobod qabristoniga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Masson Mixail Yevgenevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты