Arslonxon Muhammad

1102 yil saljuqiy Sanjar Movarounnahrni egallab, Arslonxon Muhammadni hokimiyat tepasiga chiqishida yordam bergan, uning otasi Sulaymon Dovud saljuqiylardan bo‘lgan Malikshohning qiziga uylangan.

Muhammad chorak asrdan ziyod hukmronlik qilgan. Al-Husayniy va Rovondiylarning so‘zlariga ko‘ra, u doim munofiqlar bilan ayovsiz jang qilgan va poytaxtdan ikki oy uzoqlikdagi ko‘chmanchilar yerini o‘zlashtirib olgan. V.V. Bartoldning taxminiga ko‘ra, Muhammad harbiy ekspeditsiyani “ehtimol qipchoqlarga qarshi” olib borgan, lekin ba’zi jang yo‘nalishlari, shubhasiz boshqacha bo‘lgan. Hammasi bo‘lmasada, hech bo‘lmaganda, sharqiy Qoroxoniylarning ko‘p yerlarini G‘arbiy hoqonligiga birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ehtimol, Arslonxonning ayrim muvaffaqiyatlari vaqtinchalik bo‘lgan, nima bo‘lganda ham, Farg‘onani butunlay qo‘lga kiritgan.

Muhammad o‘zining shaharsozlik faoliyati bilan tanilgan: Katta Buxoro minorasining qurilishi va Poykentning tiklanishi uning hukmronlik sanasiga to‘g‘ri keladi. Umrining so‘nggi yillariga kelib, Arslonxon o‘g‘lini voris etib tayinlaydi, lekin o‘g‘liga qarshi fitna uyushtirib o‘ldirishdi. Isyon ko‘tarish natijasida, Arslonxon Ahmad Sanjarni yordamga chaqiradi, u ko‘mak berish o‘rniga Movaraunnahrni o‘zi egallab oladi. Qamal qilingan Samarqanddan Arslonxon zambilda ko‘tarib chiqilgan va o‘sha zahotiyoq dunyodan ko‘z yumgan.


Lotin alifbosida maqola: Arslonxon Muhammad haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты