Zokirov Jamshid Karimovich

Zokirov Jamshid Karimovich — teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

Jamshid Zokirov 1948 yilning 11 iyulida Toshkent shahrida, taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Karim Zakirovning oilasida tavallud topgan. U avval “O‘zbekfilm”ning akterlik mahoratida, keyin esa Toshkent teatr-san’at institutida ta’lim olib, 1971 yil tamomlagan. O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri va Rus akademik drama teatrilarida rollar ijro etgan.

Uzoq vaqt davom etgan xastalik sababli, 2012 yilning 7 aprelida Toshkent shahrida, vafot etdi.

Oilasi

  • Otasi - Karim Zokirov (1912-1977), opera qo‘shiqchisi (bariton), O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
  • Akasi - Botir Karimovich Zokirov (1936-1985), o‘zbek qo‘shiqchisi, rassom va adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
  • Akasi - Farruh Karimovich Zokirov, qo‘shiqchi, “Yalla” o‘zbek ansamblining badiiy rahbari, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
  • Turmush o‘rtog‘i - Gavhar Zokirova, o‘zbek aktrisasi.
  • Singlisi - Luiza Zokirova, xonanda.
  • Jiyani - Nargiz Zokirova (1970 yil tavallud topgan), qo‘shiqchi. Singlisi Luiza Zokirova va Botir Zokirovning ansamblidagi zarbdori Po‘lat Morduxayevning qizi.

Mukofotlari

  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1995).
  • San’atga qo‘shgan hissasi uchun Mark Vayl nomidagi “Ilhom” mukofoti laureati (2010).

Ijodi

Teatrdagi faoliyati

  • “Venetsiyada tun”
  • “Mardikor”

Filmografiya

  • 1969 - O‘n uch terak ko‘chasi - lavha
  • 1985 - Kelinlar qo‘zg‘oloni
  • 1986 - Orzular og‘ushida
  • 1987 - Yengilish alami
  • 1989 - Bo‘hron - lavha
  • 1990 - Temir xotin - Olimtoy
  • 1993 - Baxtim menim - sen qon bilan to‘langansan (O‘zbekiston)
  • 2007 - Platina - lavha (titrlarda yo‘q)
  • 2009 - Salamandra izi - lavha
  • 2011 - Visotskiy. Tirikliging uchun tashakkur

Lotin alifbosida maqola: Zokirov Jamshid Karimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Zakirov Farrux Karimovich
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты