Almatinskaya Anna Vladimirovna

Almatínskaya Ánna Vladímirovna — rus sovet yozuvchisi, tarjimon. “Alma-atinskaya” — uning adabiy tahallusi. Qizlik familiyasi — Drjevítskaya, turmush o‘rtog‘idan olgan familiyasi — Pankráteva.

1882 yil 31 dekabr (eski uslub hisobi bo‘yicha 1883 yil 31 yanvar) kuni tug‘ilgan.

Anna Almatinskaya Toshkent yozuvchilar uyushmasi asoschilaridan biri hisoblanadi. Ijod namunalari 1902 yildan chop etila boshlagan.

Almatinskayaning eng mashhur ijod namunalaridan biri 3 ta kitobdan iborat “Gnyot” (Mog‘or) romani hisoblanib, u deyarli chorak asr davomida shu asar ustida ishlagan. Unda Turkiston hayotining inqilobga qadar davri yorqin tasvirlangan, shuningdek, 1905-1907 yillar va 1917 yilgi O‘rta Osiyodagi inqilob tafsilotlari keltirilgan.

A.Almatinskaya “Cho‘l saroblari” (“Stepnie miraji”) (1914 yil) birinchi Turkiston adabiy-badiiy almanaxning muharriri hisoblanadi, unda o‘zining bir nechta she’rlari ham chop etilgan.

U “Yo‘l yoqasidagi o‘tlar” (1927) nasr va she’riy to‘plamlar, “Quyoshga qasam” va “O‘limni yengib” hikoyalari hamda “O‘tgan xotiralar” (N. M. Maxmudova bilan hamkorlikda) (1971) kitobi muallifi hisoblanadi.

Shuningdek, Anna Almatinskaya o‘zbekchadan ruschaga Asqad Muxtor, Said Nazar va boshqa o‘zbek yozuvchilarning asarlarini tarjima qilgan.

Anna Almatinskaya Toshkentda yashagan, 1973 yil 30 avgust kuni vafot etgan. U Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Almatinskaya Anna Vladimirovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты