Akopjanyan Valeriy Ashotovich

Valeriy Akopjanyan 90 ta loyiha va 25 ta ilmiy asarlar muallifi, Toshkent shahar hokimiyati me’morchilik va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi muovini, Toshkent shahar bosh rejasini tuzish bo‘yicha ilmiy-tekshirish, tadqiqot va loyihalash institutining direktori V.

Akopjanyan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor” faxriy unvoni sohibidir.

Valeriy Akopjanyan 1949 yil Qorabog‘ avtonom viloyatining Stepanakert shahrida tavallud topgan. 1967 yilda Samarqand arxitektura qurilish institutiga o‘qishga kirib, talabalik davridayoq ijodiy tanlovlarda faol qatnashgan. Madridda o‘tkazilgan talabalar o‘rtasidagi tanlov laureatiga aylangan.

Shuningdek, keyinchalik ilk mustaqil loyihasiga aylangan ijodiy ishi tanlovda g‘olib topilib, uning asosida Ishtixon tumanida Yodgorlik majmuasi bunyod etilgan.

Samarqand arxitektura qurilish institutida o‘qishni tamomlagach, kafedrada dars bergani qoladi.

1976 yil u Moskva arxitektura turar-joy binolarini qurish institutiga aspiranturaga topshiradi.

O‘qish yillarida u “Turar-joy binolarini isitishda quyosh nuridan foydalanish” mavzusida ilmiy dissertatsiyasini himoyalagan.

1979 yil avvalroq bosh arxitektor sifatida faoliyat ko‘rsatgan Toshkent ilmiy tekshirish va loyihalash institutining turar-joy binolarini qurish laboratoriyasiga rahbarlik qilgan.

Bu yillar u bir nechta loyihalar va ilmiy tekshirishlarni boshqargan, ular qatorida Zomin dam olish qarorgohi va shaharning eski shahar qismidagi turar-joy loyihalari ham mavjud.

1992-1993 yillar zamonaviy binolarning katta majmualari ustida ish boshlaydi, Toshkent markazidagi Xalqaro ko‘rgazmalar zali shular jumlasidan.

A.Navoi haykali, “Turkiston” yozgi saroyini, Bektemir bozori, yopiq tennis maydoni, Oliy Majlis qonunchilik palatasi binosi kabi loyihalarni ishlab chiqqan.

2010 yil eski Olmazor shahrining qurilish loyihasini ishlab chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: Akopjanyan Valeriy Ashotovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты