Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich

Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich — o‘zbek olimi, yuridik fanlar doktori, professor, siyosiy arbob, bosh vazir o‘rinbosari (1996—1998, 2003), madaniyat va sport ishlari vaziri.

Tarjimai hol

Azizxo‘jayev 1953 yili Rishtonda tug‘ilgan, otasi Farg‘ona viloyati huquqni himoya qilish tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan. U 1970 yilda Lenin nomidagi Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tamomladi, keyinchalik aspirantura, nomzodlik-doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilib, yuridik fakultetida dars beradi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi bo‘ldi (1996 yilga qadar).

  • 1996-1998 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari sifatida (madaniyat va ta’lim ishlarini nazorat qiladi). Bir vaqtning o‘zida 1998 yil 21 apreldan boshlab diniy oqim va guruhlar faoliyatini qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha Muassasalararo hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritdi.
  • 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasi rektori vazifasida ish olib bordi.
  • 1998 yil 10 iyuldan Axborot faoliyati va ma’lumotlarni uzatishni samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha Muassasalararo muvofiqlashtiruvchi komissiya rais o‘rinbosari.
  • 2003 yil 7 oktyabrdan bosh vazir o‘rinbosari (madaniyat ishlari nazorati bo‘yicha). Bir vaqtning o‘zida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha Respublika kengashi raisi.
  • 2004 yil 4 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri.
  • 2006 yil 6 iyuldan 2007 yil noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi.
  • 2007 yil noyabrdan Toshkent davlat yuridik institutida kafedra mudiri.
  • O‘zbekiston Respublikasi kurash federatsiyasi (milliy kurash) prezidenti

Alisher Azizxo‘jayev 2012 yil 9 yanvar oyida 58 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты