A’zamov G‘ani

G‘ani A’zamov — mashhur o‘zbek kino va teatr aktyori. O‘zbekiston xalq artisti. 1930 yildan Toshkentdagi Hamza nomidagi teatr aktyori. 1909 yil 7 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Eng qizig‘i, G‘ani A’zamov aktyor bo‘lishidan avval tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan. U hech qachon Oliy o‘quv yurtida o‘qimagan. Katta sahnalarda kichik epizodik rollar ijro etib, u asta-sekin san’at olamiga kirib kelgan.

O‘zining 60-yillik ijodiy faoliyati davomida G‘ani A’zamov buyuk ustozlar qo‘lida doimiy ravishda san’at sirlarini o‘rganib kelgan. O‘z ustida tinimsiz ishlashi va ijodiy izlanishlari natijasida mukammal obrazlar yaratishga erishib, tomoshabinlarning mehriga sazovor bo‘lish barobarida, o‘zbek teatr san’atining ulkan namoyandalari qatoridan mustahkam o‘rin egallaydi.

G‘ani a’zamov nafis, go‘zal obrazlar yaratish bilan birga, qat’iy obrazlarni jumladan, “Alisher Navoiy” spektaklida Izzat Sultanov, Uyg‘un dramasidagi Munajjima, S.Azimovning “Haqiqiy sevgi” pesasida Arslonsher, Abdulla Qahhorning “So‘nggi namuna” pesasida Yusuf, Nikolay Gogolning “Revizor”ida Bobchinskiy, Vilyam Shekspirning “Ikki veroniyalik” komediyasida Launs kabilarni gavdalantirgan. U o‘ynagan rollari professional aktyorlik mahoratining ajoyib namunasi hisoblanadi.

G‘ani A’zamov yaratgan Oybekning “Qutlug‘ qon” asaridagi Qamar, Sarvar Azimovning “Qonli sarob” asaridagi Omonyor, Erkin Vohidvning “Oltin devor” komediyasidagi Mo‘min siymolarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

G‘ani A’zamov ham yumoristik, ham dramatik, ham lirik rollarning iqtidorli ijrochisi. Shu o‘rinda, Hamzaning «Boy ila xizmatchi» asaridagi Domla imom obrazi uning ijodida yorqin sahifa ochdi.

G‘ani A’zamov 1935 yildan kinoda ham suratga tusha boshladi va «O‘zbekfilm» kinostudiyasida dunyoga kelgan qator kinofilmlarda esda qolarli obrazlar yaratdi.

Aktyor «Nashtar» hajviy kinojurnali tashkil etilgandan so‘ng, uzoq yillar davomida Xo‘ja Nasriddin obrazini ijro etgan. 1961 yil «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan va bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan.

2001 yil vafot etgan.

Kinodagi rollari

  • 1991 - Birinchi bo‘sa (qisqametrajli)
  • 1990 - Ajoyib ayol
  • 1982 - General Xolmatning buvisi
  • 1978-1984 - Olovli yo‘llar - mulla
  • 1978 - Shoir yuragi | Film 1 (1-4 qism)
  • 1979 - Haqiqatni izlab | Film 2 (5-8 qism)
  • 1984 - Mening Respublikam | Film 5 (15-17 qism)
  • 1978 - Senga shaharni hadya etaman
  • 1978 - Oshpaz va qo‘shiqchi
  • 1975 - Xolva ta’mi: epizod
  • 1974 - Yo‘lbars kerak
  • 1974 - Abu Rayxon Beruniy
  • 1973 -Mehribonim
  • 1973 - Uchrashuv va Ayriliq: epizod
  • 1972 - Semurg‘: epizod
  • 1972 - Bu yaxshi yigit
  • 1971 - Sevgi drammasi: epizod
  • 1969 - Qari ustaning vasiyati
  • 1969 - Merosxo‘r
  • 1969 - Sevishganlar
  • 1967 - Toshkent - non shahri
  • 1966 - Ikki yurak qissasi
  • 1964 - Qayerdasan, Zulfiyam?
  • 1960 - Mahallada duv-duv gap
  • 1958 - Maftuningman
  • 1956 - Qutlug‘ qon
  • 1956 - Ibn Sino
  • 1953 - Boy ila xizmatchi

Lotin alifbosida maqola: A’zamov G‘ani haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты