Abud bakr Narshaxiy (899-959) — o‘rta asr tarixshunosi. 943-944 yillar arab tilida “Buxoro tarixi” (“Nar-shohiy tarixi” nomi bilan ham mashhur”) ni yozgan. Bizning davrimizgacha asarning yagona nashri yetib kelgan. Narshahiy mehnati — VII-XII asrlar Buxoro hamda Zarafshon daryosining quyi vohasi tarixi va topografiyasiga oid bebaho tanbadir. Arablar O‘rta Osiyoni bosib olishlari tarixi, Abro‘y va Muqanna qo‘zg‘olonining yoritilishi, islom dinining tarqalishi va mahalliy budparastlik dinining yo‘q bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar alohida e’tiborni o‘ziga tortadi.
Narshaxiy Buxoro atrofidagi Narshax qishlog‘ida 899 yil tavallud topgan. 943-944 yillar (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 948-949 yillar) arab tilida “Buxoro tarixi” (“Nar-shohiy tarixi” nomi bilan ham mashhur”) ni yozgan. Asarni Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al Kubaviy 1128 yil tojik tiliga tarjima qilgan va qisqartirib hikoyani o‘z davrigacha davom ettirgan. Oradan yana yarim asr o‘tgach, Muhammad ibn Zufar Narshahiy mehnatinining qisqartirilgan yangi ko‘rinishini xaqfga qo‘yadi, XIII asr anonim muallifi esa hodisa bayonotini 1220 yilgacha cho‘zib yozadi. “Buxoro tarixi”ning so‘nggi nashri saqlanib qolgan.
“Buxoro tarixi” yoxud “Narshaxiy tarixi” alohida shaharlar tarixi va IX asrda yuzaga kelgan adabiy janr jumlasiga kiradi.
“Buxoro tarixi” O‘rta Osiyoda XVI asr so‘nggida, XVIII-XIX asrlarda va hatto, XX asrda ham shu yillarda yozilgan ko‘plab qo‘l yozmalarning soniga ko‘ra yuqari muvaffaqiyatga ega bo‘lgan. 1894 yil asar Yangi Buxoroda litografik usulda nashrdan chiqarilgan; 1904 yil uning ikkinchi litografik nashri chiqqan.
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” Madainiyning taxmin qilishicha, muallif tomonidan Balazo‘ri, Tabariylar asosida Buxoroda islom yuzaga kelishidan avvalgi davrlarni ham o‘z ichiga olgan. Kitobning Buxoroda islom paydo bo‘lishidan avvalgi yillar yoritilgan qismi umumiy asar asosida lug‘ati va tilining ravonligi bilan ajralib turadi. Asarning asl ko‘rinishi o‘z ichiga, shuningdek, muqaddas Buxoroning boshqa shaharlardan ustunroq ekanligini bayon qiluvchi hadislarni ham olgan.
Narshaxiy asarida islom kirib kelishidan avvalgi Buxoro va arablar bosqinchiligidan avval yashagan aholi xotirasi haqida so‘zlovchi bir qator rivoyatlar ham mavjud. Ushbu rivoyatlar sirasiga Siyovush Afrosiyobning o‘limi haqidagisi ham kiradi.
Narshaxiyga mahalliy aholi topshirgan yoki o‘zi yozib qoldirgan o‘ziga xos ma’lumot alohida e’tiborga loyiq. Bu avvalam bor, amir Ismoil ismi bilan bog‘liq hikoyalar. Hikoyalarning bir qismi, shubhasiz, Narshaxiy qalamiga mansub, boshqasi ehtimol, keyinroq qoldirilgan izoq matni muallifiga tegishlidur.
Ko‘plab hikoyalar vaqf ko‘rinishida. Ya’ni, Narshaxiy qoldirgan ma’lumotnomaga ko‘ra, amir Ismoil bilan Sharg qishlog‘ini butunlay xarid qilib, uni vaqfga aylantirganligi haqida.
Shunday qilib, “Buxoro tarixi” o‘z vaqtida, shubhasiz Buxoro jamiyati e’tiborini tortgan. Bu haqda Kubaviy o‘z muqaddimasida yozarkan, umumiy qiziqishga ega bo‘lgan ko‘plab shaxslar asarga takror qaytishardi, deydi. Somoniy Nuh uchun yozilgan “Buxoro tarixi” muallifi Buxoro qishlog‘idan bo‘lib, o‘z kitobini shu sulola hukmronligi davridagi Buxoroning eng gullagan davri bilan bog‘ladi.
Narshaxiy asarlari ilk bor 1892 yil Parij shahrida, biri XVI asrga, boshqasi yangi davrga tegishli ikkita qo‘lyozma asosida nashrdan chiqqan.
Narshaxiy mehnati samarasining rus tilidagi ko‘rinishi 1897 yil (Nil Likoshin tarjimasi) nashrdan chiqqan. Parij nashridan tashqari, tarjima vaqtida boshqa qo‘lyozmalardan ham foydalanilganki, ayrim noaniqliklarga aniqlik kiritilgan.
Nashriyotdagi tarjima va bosmadan chiqarishda V.V.Bartold o‘z yordamini ayamagan. U kitob uchun muqaddimani ham o’zi yozgan.