Abzalov Mels

Abzalov Mels - kinorejissyor, aktyor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 2008 yilda “Shuhrat” ordeni bilan mukofotlangan.

Mels Abzalov 1938 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. 1964 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati istitutining (hozirgi M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent san’at instituti) drama aktyori fakultetini, 1970-1972 yillarda Moskvadagi Oliy rejissyorlar va senaristlar kursining rejissyorlik fakultetini G. Daneliy sinfida bitirgan.

Talabalik yillaridayoq (1960yildan) I.Oxunboboyev nomidagi Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor va rejissyor sifatida mehnat faoliyatini boshlagan M.Abzalov «Ali bobo va qirq qaroqchi» spektaklini sahnalashtirgan va bosh rolni o‘zi ijro etgan. 1962 yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga ishga kirib, Komil Yormatov, Yo‘ldosh A’zamov, Zohid Sobitov, Latif Fayziyev, Shuhrat Abbosov kabi ustoz san’atkorlar qo‘lida rejissyor assistenti bo‘lib ishlagan va ba’zi badiiy filmlarda epizodik rollarni ijro etgan.

M. Abzalov 1972 yilda oliy rejissyorlik kursini bitirib qaytgach, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida kino-senarist R. Muhammadjonov senariysi asosida birinchi mustaqil ishi — «Chinor ostida duel» badiiy filmini suratga oldi va bu film tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilinib, matbuotda ijobiy baholandi. Ijoddagi bu dastlabki muvaffaqiyat san’atkorni yangi-yangi kino asarlarini yaratishga chorlab, unga kuch-g’ayrat va ijodiy parvoz baxsh etdi. 1982 yilda R.Muhammadjonovning senariysi asosida «Suyunchi» (“General buvi”) badiiy filmi suratga olingan.

Komediya janrida filmlar yaratib, shu sohada yaxshigina tajriba orttirgan san’atkor xalq orasida ommalashib ketgan «Kelinlar qo‘zg‘aloni» spektakli asosida badiiy film yaratish niyatida katta va mas’uliyatli ijodiy ishga qo‘l urdi. Natijada, yozuvchi S. Ahmadning ushbu komediyasi asosida (Eduard Akopov kinosenariysi) 1984 yilda «Kelinlar qo‘zg‘aloni» badiiy filmini suratga oldi va bu film katta shov-shuvga sabab bo‘lib, o‘sha yili kino prokatning chempioni bo‘ldi. Shubhasiz, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmi 80-yillar o‘zbek kino san’atida muhim o‘rin egallaydi. Sobiq ittifoq filmlarining AQShdagi ko‘rigida bu badiiy film Amerikaning 26 shtatida ko‘rsatilgan va xorijlik tomoshabinlar filmdan juda mamnun bo‘lishgan. Shundan e’tiboran, komediya janrida yaratilgan mazkur asar o‘zbek kinomatografiyasining to‘laqonli ajralmas qismiga aylandi.

M. Abzalov 1968 yilda R. Muhammadjonov va Sokolovlar senariysi asosida «Armon» (tarixiy melodrama) badiiy filmini suratga olishdi. 1989 yilda Eduard Akopov senariysi asosida Hamzaning mashhur asari «Maysaraning ishi» komediyasini ekranlashtirdi.

Ayniqsa, mustaqillik yillari M. Abzalovning ijodining gullagan pallasidir. U 1993—1994 yillarda yozuvchi Said Ahmadning «Kuyov» komediyasi asosida «Qarib quyulmagan» kinokomediyasini, 1997—1998 yillarda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani asosida «O‘tgan kunlar» badiiy filmini suratga oladi.

M. Abzalov ko‘pchilik badiiy filmlarga badiiy rahbar, senariy muallifi bo‘lish bilan birga, o‘zi suratga olgan filmlarda epizodik rollarni ham ijro etgan. 1990 yilda yaratilgan «Ko‘zlarim yo‘lingda» filmida badiiy rahbar, «Oltin devor» (1992—1993) filmida badiiy rahbar va senariy hammuallifi bo‘ldi.

Shuningdek, “Chimildiq”, “Sirli sirtmoq” (2007 yil) filmlari rejissyor-sahnalashtiruvchisi bo‘lgan.

Mohir usta, rejissyorning barcha filmlari xalqning intiqli e’tibori va katta sevgisini qozondi, shuningdek, o‘zbek kino san’tida o‘z o‘rnini egallab kelmoqda. Uning eng katta orzusi — Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asarini ekranlashtirish bo‘lgan.


Lotin alifbosida maqola: Abzalov Mels haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Eshonto‘rayeva Sora
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты