Asqarali Akbarov

Asqarali Odamshoyevich Akbarov (1951.2.10, Oʻsh viloyati Yangiyoʻl tumani Karavon qishlogʻi — 12-fevral, 2022, Namangan) – naqqosh, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). T. Toʻxtaxoʻjayevning shogirdi. R. Yoqubov, J. Hakimov, M. Usmonovlar bilan birga ishlab hunar oʻrgangan. M. Uygʻur nomidagi Toshkent san’at institutini tugatgan (1995). 1975-yildan Qoʻqon badiiy ishlab chiqarish ustaxonasida naqqoshlar brigadasi boshligʻi, 1982-yildan Namangan badiiy ustaxonasi amaliy san’at brigadasi boshligʻi, 1989-yildan Namangan viloyat oʻlkashunoslik muzeyida san’at boʻlimi boshligʻi, 1998-yildan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Namangan viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi rahbari. A. ijodida an’anaviy naqqoshlikni rivojlantirdi, binolar bezagida naqqoshlik bilan ganch va yogʻoch oʻymakorligini uygʻun holda qoʻlladi, unutilib ketgan kundal uslubini tikladi. Kursi, xontaxta, guldon, lagan kabi buyumlarni nafis ranglarda bezaydi. Milliy va zamonaviy binolar bezagida islimiy va girih mujassamotidan keng foydalanadi. Namangan ("Paxtalikoʻl" sanatoriysi, Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar), Toshkent ("Moviy gumbazlar" choyxonasi, Xalqlar doʻstligi saroyi va boshqalar) va boshqa viloyatlarda, xorijda 60 dan ortiq jamoat binolarini bezadi.

12-fevral, 2022-yilda 71 yoshida vafot etdi.


Lotin alifbosida maqola: Asqarali Akbarov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKBAROV Asqarali Odamshoyevich
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты