Ikrom Akbarov

Ikrom Ilhomovich Akbarov (1-mart 1921, Toshkent – 18-dekabr 2011, Toshkent) – kompozitor, Oʻzbekiston xalq artisti (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1964). Toshkent (1945) va Leningrad (1950) konservatoriyalarini tugatgan. Hamzaga bagʻishlangan "Shoir xotirasiga" simfonik poemasi (1954) oʻzbek simfonik ijodiy tafakkurining shakllanishida Asqarali Akbarov ishlagan bino bezagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Akbarov simfonik asarlar, opera va baletlar, oratoriyalar, vokalsimfonik va kamer-cholgʻu asarlar (xususan 6 ta torli kvartet), qoʻshiq va romanslar, xor turkumlari muallifi, kinofilmlar va dramatik spektakllarga musiqa yaratgan, oʻzbek xalq kuylarini joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan. Ijodiy uslubi teran simfonik tafakkurga asoslangan. Simfonik asarlari – "Epik poema" (1961), skripka va orkestr uchun 1–2- va 3- konsertlar (1962, 1984, 1997), "Pochta" (1970), "Shakuntala" (1980) simfonik manzaralari, "Samarqand haqida sim-fonik hikoyalar"i (1973), 2 ta simfoniya (1996, 1998) va boshqa "Orzu" (1957), "Layli va Majnun" (1968), "Navroʻz" (1984) baletlari, "Soʻgʻd elining qoploni" (1977) va "Ibtido xatosi" (1997) operalari, "Toshkentnoma" (1964), "Mangu xotira" (1985) oratoriyalarini yaratgan. Asarlari chet ellarda ham ijro etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining laureati (1977). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).Ad.: Djabbarov A,Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Oʻzbekistana, T., 1975; Yanov-Yanovskaya NS, Ikram Akbarov, T., 1990.


Lotin alifbosida maqola: Ikrom Akbarov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKBAROV Ikrom Ilhomovich
MUSIQA
TOSHKENT
POCHTA ALOQASI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты