Ilyos Akbarov

Ilyos Akbarovich Akbarov (1909.5.5, Toshkent) — oʻzbek musiqashunosi. Birinchi oʻzbek musiqa folklorshunoslaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1956). San’atshunoslik institutida ilmiy xodim (1932—39), direktor (1943—48), "Oʻzdavnashr"da musiqa boʻlimining mudiri (1934—40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930—42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943-yildan)da oʻqituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963—90), professor (1979-yildan). Fargʻona vodiysi va Xorazm viloyatlarida oʻzbek va uygur xalq kuylarini toʻplab, ayrimlarini nashr ettirgan: "Oʻzbek 257ashulalari" (M., 1934, H. Muhamedova bilan hamkorlikda), "30 ashula" (M., 1935), "Oʻzbek xalq qoʻshiklari" (T., 1939), "Muqimiy va Furqat ashulalari" (T., 1959) va boshqa Ilk oʻzbek bolalar qoʻshiklari ("Biz kuylaymiz", T., 1939), "Musiqa lugʻati" (T., 1987, 2-nashri —1997), darslik va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).


Lotin alifbosida maqola: Ilyos Akbarov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKBAROV Ilyos Akbarovich
TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты